Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 49:
 
1928 yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilik, iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929 yil 18 martda Hamza toshboʻron qilinib, vahshiylarcha oʻldiriladi.
 
Shoirning „[[Gul]]“ (1913-1916), „[[Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi]]“ (1915-1917) sheʼriy toʻplamlaridagi „[[Yigʻla Turkiston]]“, „[[Yaxshi holin yoʻqotgan oqibatsiz Turkiston]]“, „[[Koʻzni oching, qardoshlar]]“, „[[Darmon istariz]]“ kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta mahorat bilan ifodalangan.
 
Hamza dramaturg sifatida „[[Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari]]“ (1916), „[[Tuhmatchilar jazosi]]“ (1919), „[[Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi]]“ (1926), „[[Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi]]“ (1927) kabi asarlari orqali oʻzbek adabiyotini boyitdi. „[[Yangi saodat]]“ milliy romani oʻzbek nasrining ilk namunalaridan.