Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 19:
 
== Adabiy ijodi ==
Hamzaning adabiy ijodi 1905–1906-yillarda boshlangan. Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza boshlagan. Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan „[[Haqiqat kimda?]]“ degan „roman“ ham yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gʻazallar yoza boshlagan. 1914-yilda tartib berilgan qoʻlyozma devoniga shoirning 1905–1914-yillarda „Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan 214 ta sheʼri kiritilgan. Shoirning „[[Gul]]“ (1913-19161913–1916), „[[Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi]]“ (1915-19171915–1917) sheʼriy toʻplamlaridagi „[[Yigʻla Turkiston]]“, „[[Yaxshi holin yoʻqotgan oqibatsiz Turkiston]]“, „[[Koʻzni oching, qardoshlar]]“, „[[Darmon istariz]]“ kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta mahorat bilan ifodalangan.
 
== Oʻquv qoʻllanmalari ==