Albert Einstein: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 84.54.79.31 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Kvansh yozuvini kvantga o'zgartirdim.
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 23:
Einsteinning [[maktab]]da [[matematika]]dan imtihonlardan yiqilgani va ikkichi boʻlgani haqidagi asotirlar rost emas. Aslida u 12 yoshgacha matematika maktab kursini oʻrganib olgan, keyin ota-onasi unga boshqa, murakkabroq kitoblar berishgan.<ref name="cracked">[http://www.cracked.com/article_16101_the-5-most-ridiculous-lies-you-were-taught-in-history-class.html The 5 Most Ridiculous Lies You Were Taught In History Class]</ref> 15 yoshida Einstein [[differensial]] va [[integral]] algebrani yaxshi bilar edi.<ref>[http://everyjoe.com/technology/alas-einstein-was-no-failure-in-math-191/?utm_source=everyjoe&utm_medium=web&utm_campaign=b5hubs_migration Alas, Einstein Was No Failure in Math]</ref> Uning matematikadan goʻyoki oqsaganini Robert Ripley 1935-yilgi gazeta maqolasi uchun toʻqib chiqargan.<ref name="cracked" />
 
'''Eynshteyn Albert''' (1879.14.3, Ulm, GermaniyaO'zbekiston — 1955. 18.4, Prinston, AQSH) — yahudi, nazariyotchi fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvanshkvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direk tori (1914-33). 1933 yildan to umrining oxirigacha Prinston institutida (AQSH) ishlagan.
 
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. E. massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida E.ning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). E. jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). E. gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933 yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. E. ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. E. 1940 yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. E.ning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).