Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 100:
Misrda teatr sanʼati unsurlari eng qad. diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda soya teatri boʻlgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning tanikli arbobi edi. Bu davrda qoʻgʻirchoq teatrlari qam keng yoyildi. „Araguz“ qoʻgʻirchoq teatri, ayniqsa, mashhur boʻldi. 1869 yilda Suvaysh kanali tantanali ochilishi munosabati bilan Opera teatri qurildi va J. Verdining „Rigoletto“, 1871 yilda „Aida“ operalari koʻrsatildi. 1869 yilda Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va oʻzining arab tilidagi operettasini koʻrsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional drama teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dramaga asos boʻldi. Koʻpgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. Misr teatri taraqqiyotining keyingi davri J. Abyod, M. Taymur, Yu. Vahbiy, T. alhakim kabi isteʼdodli teatr arboblari nomi bilan bogʻliq. 1920 yilda „Al-Ezbakiya“ teatri, 1923 yilda Yu. Vahbiy boshchiligida „Ramzes“ teatri, 1933 yilda „Milliy truppa“, 1935 yilda alhakim boshchiligida „Milliy teatr“ tashkil etildi. Misr sekinasta arab teatr madaniyatining markaziga aylandi. 1952 yil gi inqilobdan keyin arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarish milliy sanʼat, jumladan, teatr sanʼati taraqqi-yotida muhim rol oʻynadi. Qohiradagi Milliy teatr, Xalq teatri, „Arab teatri“ kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi. Teatr sanʼati instituti (1952), „26 iyul teatri“ (1959), „Al-Jumhuriya“ (1961) teatri ochildi. Qoqirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, „Kleopatra“ teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik trup-palari ham mashhur. Teatrlar repertuarlaridan Yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. Alhakim, M. Taymur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda jahon klassiklarining asarlari oʻrin olgan. Ularda Misr koʻcha xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna sanʼatining boshqa turlari kabi xalq raqs sanʼati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta oʻrin beradi. Mumtoz baletga qiziqish Misr sahnasiga Gʻarb mumtoz baletining kirib kelishi bilan boshlandi. Mamlakatda xususiy balet maktablari tashkil etildi, qobiliyatli yoshlar balet sanʼatini oʻrganish uchun Yevropa shaharlariga yuborildi. 1959 yilda milliy xoreografiya maktabi ochildi.
 
== KiiosiKinosi ==
1896 yilda Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xorijiy filmlar koʻrsatilgan. 1912 yilda hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki arab badiiy filmlari — „Jar yokasida“ va „Uzilgan gul“ 1917 va 1918 yillarda ekranga chiqarilgan boʻlsada, ularni muttasil ishlab chiqarish 1927 yildan boshlangan. Ilk arab ovozli filmlari („Laylo“, rejissyor A. Jalol; „Qalb qoʻshigʻi“, rejissyor J. Abyod va Nadra; „Boylarning bolalari“, rejissyor M. Karim) 1931 yilda Parijda suratga olingan. 30-yillar oxiri — 40-yillar boshida milliy kinoni rivojlantirish harakati boshlandi. 1935 yilda Qohirada „Misr“ milliy kinostudiyasining ochilishi bilan arab kinematografiyasi tez rivojlana boshladi. 1927—38 yillar mobaynida 70 ta kinofilm, 1952 yildan esa har yili 60—70 tadan kinofilm ishlab chiqarildi va Misr kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boshladi. „Yurakdagi oʻq“, „Oq gul“ (rejissyor M. Karim), „Doʻzax osmoni“, „Jamila“ (rejissyor Yu. Shaxin), „Iroda“ (rejissyor K. Salim), „Sevgi va koʻz yoshlari“ (rejissyor K. ash-Shayx), „Qora koʻzoynak“ (rejissyor X. Mustafo) kabi arab filmlari mamlakat va chet el kino-ekranlarida shuhrat qozongan. 1963 yilda Kino, radio va telekoʻrsatuv bosh boshqarmasi tuzildi. 60-yillarda G. Barakatning „Gunoh“, T. Salohning „Qahramonlar kurashi“, S. Sayfining „Sevish mavridi emas“ filmlarida xotinqizlar ozodligi masalasi, Yu. Shaxin, K. ash-Shayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonishi muammolari koʻtarildi. 70—80-yillarda ekranga chiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmush jumboqlari, maorif islo-hoti va boshqa mavzularga bagʻishlangan. 1975 yildan milliy kino festivallari, 1976 yildan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam oʻtkazila boshladi. Misrning koʻplab filmlari Jeneva, Bayrut, Toshkent kinofestivallarida oltin sovrin va faxriy yorlikdar bilan takdirlangan. Mamlakatda 8 kinostudiya, 350 kinoteatr bor.