Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 101:
 
== Kinosi ==
1896 yilda Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xorijiy filmlar koʻrsatilgan. 1912 yilda hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki arab badiiy filmlari — „Jar yokasida“yoqasida“ va „Uzilgan gul“ 1917 va 1918 yillarda ekranga chiqarilgan boʻlsada, ularni muttasil ishlab chiqarish 1927 yildan boshlangan. Ilk arab ovozli filmlari („Laylo“, rejissyor A. Jalol; „Qalb qoʻshigʻi“, rejissyor J. Abyod va Nadra; „Boylarning bolalari“, rejissyor M. Karim) 1931 yilda Parijda suratga olingan. 30-yillar oxiri — 40-yillar boshida milliy kinoni rivojlantirish harakati boshlandi. 1935 yilda Qohirada „Misr“ milliy kinostudiyasining ochilishi bilan arab kinematografiyasi tez rivojlana boshladi. 1927—38 yillar mobaynida 70 ta kinofilm, 1952 yildan esa har yili 60—70 tadan kinofilm ishlab chiqarildi va Misr kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boshladi. „Yurakdagi oʻq“, „Oq gul“ (rejissyor M. Karim), „Doʻzax osmoni“, „Jamila“ (rejissyor Yu. Shaxin), „Iroda“ (rejissyor K. Salim), „Sevgi va koʻz yoshlari“ (rejissyor K. ash-Shayx), „Qora koʻzoynak“ (rejissyor X. Mustafo) kabi arab filmlari mamlakat va chet el kino-ekranlaridakinoekranlarida shuhrat qozongan. 1963 yilda Kino, radio va telekoʻrsatuv bosh boshqarmasi tuzildi. 60-yillarda G. Barakatning „Gunoh“, T. Salohning „Qahramonlar kurashi“, S. Sayfining „Sevish mavridi emas“ filmlarida xotinqizlarxotin-qizlar ozodligi masalasi, Yu. Shaxin, K. ash-Shayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonishi muammolari koʻtarildi. 70—80-yillarda ekranga chiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmush jumboqlari, maorif islo-hotiislohoti va boshqa mavzularga bagʻishlangan. 1975 yildan milliy kino festivallari, 1976 yildan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam oʻtkazila boshladi. Misrning koʻplab filmlari Jeneva, Bayrut, Toshkent kinofestivallarida oltin sovrin va faxriy yorlikdaryorliqdar bilan takdirlangantaqdirlangan. Mamlakatda 8 ta kinostudiya, 350 ta kinoteatr bor.
 
== Oʻzbekiston — Misr munosabatlari ==