Deshifrator: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Decoder.svg|thumb|300px|Deshifrator (decoder)]]
'''Deshifrator''' (frans. dechiffrer -maʼnosini yechmoq) — xabarlarni oʻqiydigan (dekodlaydigan) va undagi axborotlarni qabul qiluvchi tizim tiliga (kodiga) oʻtkazadigan qurilma; aloqa, telemexanika, radiolokatsiya qurilmalari va b.da beriladigan axborot signallarini nazorat qiladi. D.ning kirish qismiga kelgan axborotlar oʻzgartiriladi (deshifrlanadi) va chiqish qismida axborot mazmunini ifodalovchi signalga aylanadi. D. kiri-shidagi signalga chiqishidagi muayyan signal mos keladi. D. telegraf apparatlari, telefon aloqasi, telemexanika, hisoblash texnikasi, radiotexnika va oʻlchash texnikasida qoʻllaniladi.