Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

→‎Tarixi: Grammatikani tuzatdim
 
== Tarixi ==
Hozirgi Turkiya hududida juda kadimqadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont qirolligi, Pergam, Qad. Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga 11-asrdan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071 yilda Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng, Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243 yilgi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-asrning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-asrning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ni egallab (1453 yil 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-asrdan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari Turkiyaga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683 yilda Vena shahri yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684 yilda Turkiyaga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686 yildan Rossiya) "Muqaddas ittifoq" tuzdilar. Ittifoqchilar Turkiyaga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq Turkiya 1711 yilda Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay janubiga chekinishga, shimolida Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-asrda yanada koʻproq talofotlar berildi.
 
1768—74 yillardagi Rossiya–Turkiya urushidan keyin Turkiya Qora dengiz va Bolqon yarim oroldagi mavqeini boy berdi. 1774 yilgi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi Turkiyadan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783 yil Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 yillardagi urushda Turkiya yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. Turkiya Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
Anonim foydalanuvchi