Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi — versiyalar orasidagi farq

qisqa izoh tahrirlanmadi
|nomi = O'zbekiston Xalqaro islom akademiyasi ( Toshkent Islom Universiteti negizida. 2018 yil 16 apreldan)
|qisqartma = Uzxia
|ramz =
|ramz = [[Fayl:Ташкентский исламский университет при Кабинете Министров Республики Узбекистан (iiau.JPG|230px]]
|tasvir =
|original =
|kempus =
|manzil = Abdulla Qodiriy koʻchasi 11, Toshkent shahri, Oʻzbekiston
|vebsayt = [http://www.tiuiiau.uz www.tiuiiau.uz]
}}
'''O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi''', O'zbekiston xalqaro islom akademiaysi — [[islom]] dini boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo`yicha qo`mita]] huzurida, [[2018-yil]] [[16-aprel]]da tashkil etilgan. [[Akademiyada]]da [[islom tarixi]] va falsafasi; [[shariat]] (fiqh), [[iqtisod]] va [[tabiiy fanlar]] fakultetlari; [[dinshunoslik]], [[islomshunoslik]]; [[demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti]]; [[sharq tillari]]; [[gʻarb tillari]]; [[informatika]] va tabiiy fanlar; [[jismoniy tarbiya]] kafedralari hamda jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish boʻyicha [[YUNESKO]] kafedrasi bor. Oʻquv bosqichlari: [[bakalavr]]lik — 4 yil, [[magistratura]] — 2 yil Akademiya dinshunoslik, islomshunoslik, islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyasi buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Akademiyada 2002—2003 oʻquv yilida 470 dan ortiq talaba oʻqidi, 100 dan ortiq professor-oʻqituvchilar, shu jumladan, 15 fan doktori, 41 fan nomzodi va dotsent ishladi. [[Aspirantura]] va [[doktorantura]] bor. 2000 yildan akademiyada qoshida [[akademik litsey]] ochilgan. Akademiya ilmiy kutubxona (42 ming asar, asosan, darslik va [[ilmiy kitoblar]]), manbalar xazinasi, nashriyotiga ega. Manbalar xazinasi mamlakatimiz va xorijda mavjud boʻlgan qoʻlyozma va nodir kitoblar bilan boyitib boriladi. Akademiya tarkibida Islomshunoslik ilmiy tadqiqotlar markazi bor. Bu markazda [[Qurʼon]], tafsirlarni oʻrganish, islom tarixi va falsafasi, shariat (fiqh), maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat, manbashunoslik va qoʻlyozmalarni oʻrganish boʻlimlari mavjud. O'zbekiston xalqaro islom akademiyada "Sharqshunoslik fanlari" sohasi boʻyicha doktorlik [[dissertatsiya]]lari himoyasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Akademiyada Sharq va Gʻarb tillarini mukammal oʻqitish maqsadida zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlangan. [[Lingofon kabineti]] va [[arab tili]] markazi faoliyat koʻrsatadi. O'zbekiston xalqaro islom akademiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan (1999). O'zbekiston xalqaro islom akademiya [[AQSH]], [[Angliya]], [[Fransiya]], [[Gollandiya]], [[Rossiya]], [[Saudiya Arabistoni]], [[Misr]] Arab Respublikasi, [[BAA]] va boshqa davlat universitetlari hamda ilmiy tadqiqotlar markazlari bilan aloqalar oʻrnatgan. [[Abdulhay Abdullayev]].<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Anonim foydalanuvchi