Meʼmorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{birlashtirish|Meʼmorchilik}}
'''Meʼmorlik''', arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish sanʼati. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uyjoylar, meʼmoriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish bilan M.ning jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shugʻullanadi. Tabiat manzaralari bilan bogʻliq muhitni bunyod etish, bogʻlar yaratish sohasi bogʻsozlik (bogʻ-park) sanʼatidir.
 
Qator 18 ⟶ 17:
Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. M. davlat monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. M. ijodi Moskva normativlari asosida bajarilishi milliy M.ni soʻndirib qoʻydi. "Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik arxitektura" shiori 20-asrning 2-yarmidan boshlab baʼzi ijodiy izlanishlarga yoʻl ochdi (Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). Oʻsha davrda yaratilgan diqqatga sazovor bi-nolarda xalq ustalari ishtiroki bilan ijobiy natijalarga erishildi.
 
Mustaqil Oʻzbekiston M. sohasida toʻgʻon boʻlgan gʻayri talablarga barham berdi, M. ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish institutlari malakali meʼmorlar tayyorlab bermoqda. Maxsus oʻquv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻzbekiston M.gi keyingi oʻn yillik (1991—2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi oʻzgarib, yanada obod boʻldi, mahobatli binolar qad koʻtardi ("Turkiston" saroyi, Oqsaroy, Toshkent hokimiyati, Oliy majlis binolari, Oʻzbek milliy teatri rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston konser-vatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari va h. k.).<ref>Zaxidov P., Traditsii narodnix zodchix Oʻzbekistana: M., 1964; Vseobshaya istoriya arxitekturi, t., 1-12, M.-L., 1944-1975; Zohidov P., Meʼmor olami, T., 1991.</ref><ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot ==
* 3axidov P., Traditsii narodnix zodchix Oʻzbekistana: M., 1964; Vseobshaya istoriya arxitekturi, t., 1-12, M.-L., 1944-1975; Zohidov P., Meʼmor olami, T., 1991.
 
Poʻlat Zohidov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Arxitektura| Memorlik]]
{{arch-stub}}
 
 
{{stub}}