Akademik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Akademik (maʼnolari)}}
'''Akademik''' – ayrim mamla-katlardamamlakatlarda yuksak ilmiy unvon. Oʻzbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasida A.lar saylanadi. A. lik unvoni O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va boshqa ilmiy hamda o‘quv muassasalarining olim va ijodkorlari, shuningdek ayrim shaxslarga beriladi.O‘zbekiston Respublikasi FAda A.lar ilm-fanni jahon ando-zalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlan-tirish va kuchaytirishga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan fan doktorlaridan saylanadi. Fanlar Akademiyasi akademigi ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadi; tadqiqotlarning istiqbolli va ilg‘or yo‘nalishlarini shakllantiradi va fanning o‘zi saylangan sohasining yuksak ilmiy darajasi uchun mas’uddir; yuqori malakali ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlash ishlarida, ilg‘or ilmiy maktablarni shakllantirish va rivoj-lantirishda bevosita ishtirok etadi; i.tlarni amalga oshirishda, yuqori mala-kali ilmiy kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlari, ilmiy asarlarini o‘z ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni hamda o‘zi saylangan fan sohasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni har yilda Fanlar Akademiyasi ga taqsim etadi; Fanlar Akademiyasi Hay’ati, Fanlar Akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy ko-tibning topshiriqlarini bajaradi, Fanlar Akademiyasi ning Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi. Akademiklar Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalarida tanlovdan o‘tmasdan il-miyilmiy lavozimlarni egallash, o‘zining il-miyilmiy asarlarini nashr etish, Fanlar Akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’atida ko‘rib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish, belgilangan tartibda A.likka nomzodlar ko‘rsatish, vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar faoliyatida, ular fanning qaysi yo‘nalishiga taalluqli ekanligidan qat’i nazar, ishtirok etish, vitse-prezi-dentlar huzurida ilm-fanning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha muayyan Ilmiy kengashlar tuzish haqida takliflar kiritish huquqiga egadirlar. Fanlar Akademiyasi A.lari akademiklik unvoni uchun har oyda bel-gilanganbelgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foyda-lanadilarfoydalanadilar. A.likka saylovlar Fanlar Akademiyasi ning Umumiy majlisi qaroriga muvofiq ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy majlis a’zolarining kamida 2/3 qismi ovozini olgan nomzodlar say-langan hisoblanadilar. Ixtisosliklar bo‘yicha A.likka nomzodlar ko‘rsatish huquqi A.lar, ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muas-sasalari ilmiy kengashlariga beriladi. Fanlar Akademiyasi da akademiyaning xorijiy a’zosi unvoni ham mavjud. Fanlar Akademiyasi ning xorijiy a’zolari ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi 251va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, xalqaro hamkorlikka, tinchlik, barqarorlik ishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qo‘shgan xorijiy fuqarolardan say-lanadisaylanadi. Fanlar Akademiyasi ning xorijiy a’zolari Hay’atning taqdimnomasiga binoan Fanlar Akademiyasi ning Umumiy majlisida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Fanlar Akademiyasi ning xo-rijiy a’zolari A.larga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademiyaning rahbariyatiga saylanish, A.larni saylashda ovoz berish, A.lik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasno.O‘zbekiston Respublikasi BA da A.lar milliy, tasviriy, amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik sohalarini yirik asarlari bilan boyitgan va o‘z ijodi, ilmiy, pedagogik faoliyati bilan soha taraqqiyoti uchun ulkan hissa qo‘shayotgan, o‘zbek madaniyati va san’atining kelaja-gi uchun munosib, yuqori malakali muta-xassislar tayyorlashda katta yutuklarga erishgan, yoshi 65 dan oshmagan ijodkorlardan saylanadi. BA haqiqiy a’zosi akademiya raisi, Boshqaruv kengashi va tegishli A. bo‘limlarning qaror, buyruq, topshiriqlarini bajarishi, san’atni yuksak, yorkin ijodiy va ilmiy yutuqlar hamda kashfiyotlar bilan boyitishi, san’at yoki san’atshunoslik sohasining har tomonlama rivojlanishi uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, san’at va san’atshunoslik sohalariga tegishli mutaxassislarni tayyorlashda bevosita qatnashishi lozim. BA a’zolari akademiya tarkibida yaratilgan sha-roitlardan foydalangan holda ijodiy, ilmiy asarlar ustida ishlash, akademiyaning ijodiy, ilmiy, o‘quv muassasalaridagi mavjud ilmiy lavozimlarni tanlovda ishtirok etmagan holda egal-lash, ijodiy, ilmiy asarlarini taqdim etish, chop ettirish, akademiya Boshqaruv kengashiga ijodiy, ilmiy, tashkiliy ma-salalar, takliflar bilan murojaat qilish va muxrkamada ishtirok etish huquqiga egadirlar. A. likka saylovlar Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi va aka-demiyaning Boshqaruv kengashida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Ovoz berishda katnashgan haqiqiy a’zolarning kamida 50% ovozini olgan nom-zodlar saylangan hisoblanadilar. Ovoz berishda Boshqaruv kengashi a’zolarining 2/3 qismi qatnashishi shart. Nom-zodlarni davlat, jamoat tashkilotlari va xalqaro tash-kilotlar, madaniyat va san’at sohasidagi oliy o‘quv yurtlari ko‘rsatishi mumkin. BAda akademiyaning faxriy va xorijiy a’zosi unvonlari ham mavjud. BAning faxriy a’zosi etib vatan va jahon madaniyati, san’ati oldidagi xizmatlari uchun yoshi 65 dan oshgan soha namoyandalari saylanishi mumkin. BAning xorijiy a’zosi jahon madaniyati, san’ati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan xorijiy arboblardan saylanadi. Akademiyaning dastlabki haqiqiy, faxriy va xorijiy a’zolari Badiiy ijodkorlar uyushmasi majlisi tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
 
== Adabiyotlar ==