Usmon Azim: Versiyalar orasidagi farq

2 bayt qoʻshildi ,  4 yil oldin
Usmon Azim oʻzbek sheʼriyatining ufqini kengaytirib, nasriy sheʼrlardan barmoq vaznigacha boʻlgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki sheʼrlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi oʻrnini tushunishga, davrning ogʻriqli masalalariga eʼtibor qaratdi va shu jarayonda minbar sheʼriyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiyistioraviy obrazlar orqali idrok va tasvir etish maxorati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida koʻzga tashlangan baxshiyona ruh sheʼriyatda yangi bir yoʻnalish yaratilishiga turtki boʻldi. 90-yillarga kelib, uning ijodida keskin oʻzgarish yuz berdi va sheʼrlarida sufiyona kayfiyat aks etdi.
 
Usmon Azim „[[Baxtli boʻlaylik]]“, „[[Hujjatli film uchun syujet]]“, „[[Bahodir va Malika]]“ singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shugʻullandi va „[[Bir qadam yoʻl]]“, „[[Kunduzsiz kechalar]]“, „[[Bozor]]“ (1997), „[[Alpomishning qaytishi]]“ (1998), „[[Jazava]]“ (2000), „[[Vaxt qushi]]“ (2002), „[[Oʻtgan zamon hangomalari]]“ (2003) pyesalarini yozdi. Bu pyesalarning aksari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Usmon Azim bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon boʻldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham ogʻzaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish isteʼdodini namoyish etdi. Usmon Azim, shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, „Alisher Navoiy“ kinoqissasi (1990), „Alpomish“ kinodostoni (1997), „Sevgi“ (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali „Alpomish“ (2000) filmlarining ssenariysiga mualliflik qilgan. [[Pol Elyuar]], V. Vatsiyetis, H. Dogʻlarja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari [[ingliz tili|ingliz]], [[fransuz tili|fransuz]], [[nemis tili|nemis]], [[polyak tili|polyak]], [[makedon tili|makedon]], [[turk tili|turk]], [[rus tili|rus]], [[gruzin tili|gruzin]], [[eston tili|eston]], [[litva tili|litva]], [[tojik tili|tojik]], [[qozoq tili|qozoq]] va [[qirgizqirgʻiz tili|qirgʻiz]] tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan.
 
Usmon Azim xalqlar doʻstligi va vatanparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan sheʼrlari uchun Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „[[Doʻstlik (ordeni)|Doʻstlik]]“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan.