Usmon Nosir: Versiyalar orasidagi farq

52 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
 
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_7=yorit}}
'''Usmon Nosir''' (1912—19441912–1944) 20 asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan talantli shoir. Usmon Nosir 1912 -yilning 13 noyabrida Namanganda[[Namangan]]da tugʻildi. Otasidan etim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi[[Qoʻqon]]dagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931 -yildan [[Samarqand]]dagi Oʻzbekiston davlat universiteti(OʻzDU)ning filologiya fakultetida oʻqidi.
 
Bolaligidan sheʼrlar[[sheʼr]]lar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor- yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodigaisteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning «[[Quyosh bilan suhbat]]» (1932), «[[Safarbar satrlar]]» (1932), «[[Traktorobod]]» (1934), «[[Yurak]]» (1935), «[[Mehrim]]» (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda «[[Norboʻta]]» (1932) va «[[Naxshon]]» (1935) dostonlari bosildi. Usmon Nosir 1937 -yilning 14 -iyulida «[[xalq dushmani]]» sifatida qamoqqa olindi va [[Toshkent]], Magadan, Kemerovo turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin boʻlmaydigan qiynoqlarga duchor boʻlgan shoir 1944 -yilda Kemerovoda halok boʻldi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Shoirning:
 
{{she'r|Matn=
}}
 
singari misralari bunga misoldir. Oʻzbek sheʼriyatida tuygʻularni bor boʻyicha, dolgʻali koʻrsatish anʼanasi yoʻq edi. Milliy sheʼriyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi. Usmon Nosir ana shu qolirlarniqoliplarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir boʻldi. Shoirning oʻz tuygʻularini:
 
{{she'r|Matn=
}}
 
tarzida tasvirlashi miqyosi, koʻlami va taʼsirchanligiga koʻra mislsiz poetik hodisa edi. Shoirning: «[[Ilhomimning vaqti yoʻq selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob]]» shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir.
 
Usmon Nosir sheʼriyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning «[[Yurak]]», «[[Nil va Rim]]», «[[Monolog]]», «[[Nasimaga deganim]]», «[[Yana she'rimga]]», «[[Begona]]», «[[Yoshlik]]» sigari oʻnlab bitiklarida yorqin namoyon boʻlgan.<ref>Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: «[[Yozuvchi]]», 2000.</ref><ref>Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: «[[Oʻqituvchi]]». 2000.</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{writer-stub}}