Ivan Ayvazovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Aivazovsky - Self-portrait 1874.jpg|thumb|Ivan Ayvazovskiy — Հովհաննես Այվազովսկի]]
'''Ivan Konstantinovich Ayvazovskiy (Gayvazovskiy) Ivan Konstantinovich''' (1817.17.7, [[Feodosiya]] — 1900.19.4) — rus rassomi. [[Armani]] oilasida tugʻilgan. 1845 yildan akademik, 1847 yildan professor, 1887 yildan Peterburg Birlashgan Assotsiyatsiyasining faxriy aʼzosi. Shuningdek, bir qator Yevropa Birlashgan Assotsiyatsiyalarining aʼzosi boʻlgan. 1845 yildandan [[Feodosiya]]da yashagan. Ayvazovskiy merosi 6 mingga yaqin rassomlik asarlarini tashkil etadi. Ayvazovskiy asarlari aso-san dengiz manzaralariga bagʻishlangan, bepoyon okean va dengizlarning qudratli toʻlqin va toʻfonlari, ularning sokinligi, botayotgan quyosh nurida suvning jilvalanishi, oydin tun manzaralari tiniq va yorqin boʻyoqlar bilan nafis ifodalanadi. Ayvazovskiyning „Toʻqqizinchi val“ (1850) asarining mazmuni dramatik boʻlishiga qaramay, kishida gʻussa tugʻdirmaydi; „Tungi boʻron“ (1864), „Shimoliy dengizdagi boʻron“ (1865), „Boʻron“ (1872), „Dengizda oydin tun“ (1878), „Qora dengiz“ (1881), „Feodosiyada oy chiqishi“ (1892) kabi manzaralari tundagi tabiyatning rangtasviridagi lirik ifodasidir. „Venetsiya“ (1849), „Malaga“ (1854), „Rodos oroli“ (1861), „Krit orolida“ (1867) kabi asarlari rassomning chet elga sayohatlari natijasidir. 1880 yilda Feodosiyada badiiy ustaxona va rasmlar galereyasini tashkil etdi, keyinchalik bular [[Ayvazovskiy]] nomi bilan atala boshlandi.
 
== Adabiyotlar ==
Qator 7:
 
{{OʻzME}}
{{DEFAULTSORT:Ayvazovskiy, Ivan}}
 
 
{{stub}}