Hisor vodiysi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k (via JWB)
Qator 1:
'''Hisor vodiysi''' - [[Tojikiston]] Respublikasining gʻarbidagi togʻlararo [[botiq]]. [[Hisor tizmasi]]ning jan.janubiy chek-kasi va [[Bobotogʻ]] bilan [[Qoratogʻ]]ning shim.shimoliy chekkalari orasida. Uz. 115 km. Eng keng joyi 20 km. Balandligi 700–1000 m. Jan. danJanubidan Afgʻon — Tojikiston botigʻidan deyarli meridian yoʻnalish boʻylab choʻzilgan tizmalar bilan oʻralgan. Yer yuzasi vodiydan oqib oʻtuvchi [[Kofarnihon]], [[Varzob]], [[Dushanbadaryo|Dushanba]], Xonaka, Iloq va boshqa daryo terrasalari va yoyilma konuslaridan iborat. Vodiy tektonik botiqda joylashgan boʻlib, mezokaynozoy davri choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan. Hisor vodiysi atrofi togʻlar bilan oʻralganligi sababli iklimi ancha yumshoq. Yozi issiq va quruq. qishi qisqa va iliq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —0,7°, G, iyulniki 28°. Yillik yogʻin 500–600 mm. Vodiyda, asosan, toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan; [[choʻl]], [[chala choʻl zonalari|chalachoʻl]] va [[dasht]] oʻsimliklari, daryo boʻylarida turli daraxtlar oʻsadi. Hisor vodiysi hududi deyarli oʻzlashtirilgan va bu yerda madaniy lan-dshaftlar keng tarqalgan. Daryolarning quyi qismlaridagi botqoqli toʻqayzorlar ham quritilib, ekinzorlargʻa aylantirilgan. Vodiy yer resurslaridan unumli foydalanish maqsadida [[Katta hisor kanali|Katta Hisor kanali]] qurilgan. [[Paxta]], [[kunjut]], galla, [[poliz ekinlari]] yetishtiriladi, mevali bogʻlar barpo qilingan, togʻ yon bagʻirlarining 1200–2000 m balandliklari subtro-pik dashtlardan iborat. Butazorlar, daraxtzorlar bor. Oʻzlashtirilgan yerlarida gʻalla ekinlari ekiladi, mevali daraxtlar oʻstiriladi, undan balandda subalp va alp oʻtloqlari uch-raydi. Hisor vodiysida Tojikiston Respublikasi poytaxti — [[Dushanbe|Dushanba]], shuningdek, [[Tursunzoda (shahar)|Tursunzoda]], Vaxdat (sobiq Orjonikidze) shaharlari joylashgan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->