Jayron: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k (via JWB)
Qator 1:
'''Jayran''', kiyik, ohu ({{lang|la|''Gazella subgutturosa''}}) — [[ohular]] (gʻizollar) urugʻiga mansub [[sut emizuvchilar|sut emizuvchi hayvon]]. Tanasining uz. 94—115 sm, boʻyi 60—65sm, ogʻirligi 25—30 kg . Urgʻochisi shoxsiz. Erkagining [[shox]]i qora, yoʻgʻon va boʻgʻimli (uz. 40 sm gacha). [[Markaziy Osiyo]] va [[Gʻarbiy Osiyo]]da, jumladan [[Zakavkazye]], [[Turkmaniston]], [[Oʻzbekiston]], Jan.Janubiy [[Qozogʻiston]]ning [[choʻl]] va [[chala choʻl zonalari|chalachoʻllarida]] tarqalgan. Bahor va yozda 4—7 tadan, qishda 15—20 tadan, baʼzan bir necha yuztadan poda boʻlib oʻtlaydi. [[Koʻklam]]da [[gʻalladoshlar|gʻallasimonlar]] va [[efemerlar|efemer oʻsimliklar]], [[kuz]]da [[shoʻrak]] va [[shuvoq]]lar; [[qish]]da [[buta]]lar [[novda]]si va mevasi bilan oziqlanadi. J.ning oyoqlari ingichka, tez (soatiga 60 km gacha) yuguradi. Apr.—mayda 1—2 bola tugʻadi. Tutqinlikda yaxshi koʻpayadi, lekin uzoq yashamaydi. [[Goʻsht]]i va [[teri]]si uchun koʻplab ovlanishi tufayli soni juda kamayib ketgan. [[Buxoro]] va [[Surxondaryo]]da J.ni koʻpaytirish uchun maxsus pitomnik (parvarishxona)lar tashkil etilgan. Xalqaro va Oʻzbekiston [[Qizil kitob]]iga kiritilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==