Omonullaxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil (10) using AWB
File
Qator 1:
[[File:King Amanullah standing.jpg|thumb|]]
 
'''Omonullaxon''' (1892.1.6, Kobul -1960.25.4, Syurix) — Afgʻoniston amiri (1919—29), barakzaylar sulolasidan. Amir Habibullaxonnmnt oʻgʻli. Otasi saroy fitnasi natijasida oʻldirilgach, taxtga chiqqan (1919 yil 21 fevral), Afgʻoniston mustaqil davlat deb eʼlon qilingandan soʻng (1919 yil 28 fevral), Angliya tomonidan Uchinchi inglizafgʻon urushi boshdangan (1919 yil 6 may). Bu urushda afgʻonlar gʻalaba qilib, Ravalpindida tinchlik shartnomasi imzolangan (1919 yil 8 avg .). Rossiya, Tur-kiya, Eron, Germaniya, Italiya va Fransiyaga favqulodda missiyalar yuborib, bu davlatlar bilan yosh Afgʻoniston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. O. Yosh afyunlar taʼsirida Afgʻonistonda muhim islohotlar oʻtkazgan. Abdulquddusxon Ittimodiy bosh vazir, Mahmud Tarziy tashqi ishlar vaziri, general Muhammad Nodirxon (Nodirshoh) harbiy vazir boʻldi. Afgʻoniston Konstitutsiyasi qabul qilingan (1923). 1927 yil dek. — 1928 yil iyunda Hindis-ton, Turkiya, Eron, SSSR va boshqa mamlakatlarda boʻlib, Gʻarb turmushidagi taraqqiyparvar anʼanalarini Afgʻoniston hayotiga tatbiq qilishga intilgan. Biroq O.ning islohotlari qattiq qarshilikka uchradi. Bir tomondan, mulla Levanay boshchiligidagi jan, qabilalarning markaziy hokimiyatga qarshi isyonlari kuchaygan boʻlsa, ikkinchi tomondan, hukumat ichidagi konservativ fikrlovchi ayrim vazirlar (Nodirxon va boshqalar) muxolifatga qoʻshilgan. 1928—29 yillarda tojik deh-qoni Habibulla-Bachai Saqqo rahbarligida shim.da koʻtarilgan qoʻzgʻolon natijasida O. taxtdan voz kechishga majbur boʻlgan (1929 yil 14 yanvar) va Qandahorga qochib ketgan.