Elektr stansiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Elektr stansiyasi''' — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr st-yalari va gelioenergetika st-yalari (qarang [[Geliotexnsha]]) issiqlik elektr st-yasi jumlasiga kiradi.
 
Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi (qarang [[Geotermal resurslar]]). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.