Adolat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
File
Qator 1:
{{Maʼnolari|Adolat (maʼnolari)}}
[[File:Iustitia van Heemskerck.png|thumb|‘’Justitia’’ (Maarten van Heemskerk, 1556)]]
'''Adolat''' – ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiysiyosiy ongida katta rol o‘ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini o‘zida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch meʼyorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni eʼ-tirof qilish va hokazoga mazkur tushun-cha orqali baho beriladi. Adolat tushun-chasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-fal-safiy jihati jamiyat aʼzolarining xilma-xil munosabatlaridagi o‘zaro tengligini nazarda tutadi. Ahloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo‘lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‘amini yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuriti-shini taqozo etadi, unda har bir odam o‘z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tu-fayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‘z faoliyatida fuqarolar tomonidan adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat aʼzolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini taʼminlaydi.