Vladimir Markovnikov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fayl:VladimirMarkovnikov.jpg
Qator 1:
[[Fayl:VladimirMarkovnikov.jpg|thumb|Vladimir Markovnikov]]
'''Vladimir Vasilyevich Markovnikov''' [1838.13.(25).12 - 1904.29.1 (11).2] — rus organik kimyogari. A. B. Butlerovning shogirdi. Qozon universiteti professor (1870 yildan). Ilmiy ishlari organik birikmalarning tuzilish nazariyasini rivojlantirish hamda neft va alisiklik uglevodorodlar kimyosiga oid. Markovnikov molekulalarda atomlarning izomeriyasi va oʻzaro taʼsirini oʻrgandi, oʻrin almashish, birikish va parchalanish reaksiyalarining qator qonuni-yatlarini ochdi. 1869 yilda Morkovnikov qoidasiip kashf etdi. Suv elementlari yoki galogenvodorodlar qoʻshni uglerod atomlaridan ajralib hosil boʻlishini oʻrgandi. 80-yillardan boshlab Kavkaz neftlarini oʻrgana boshladi. Uglevodorodlarning yangi sinfini aniqlab, ularga naftenlar deb nom berdi. 5 aʼzoli naftenlarni oʻrgandi, koʻpchilik sikloparafinlarni, shuningdek, tarmoqlangan zanjirli parafinlarni sintez qildi. Amaliyot uchun zarur boʻlgan aromatik uglevodorodlarni sikloparafinlardan katalitik yoʻl bilan olish usullarini topdi. Markovnikov organik kislotalar, jumladan, izomoy kislotani ilk bor sintez qiddi. Shoʻr koʻllar va tuz konlarini oʻrganib, ulardan foydalanish yoʻllarini koʻrsatib berdi.<ref>"Markovnikov Vladimir Vasilyevich" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20M%20harfi.pdf M-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>