Zoologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ufururururururryryeyr7rurur7ueuueue
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 37.110.210.156 tahrirlari EdgarsBot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
'''Zoologiya'cyryu'' (zoo... va ...logiya) — hayvonlar toʻgʻrisidagi fan, biologiyannt bir sohasi. 3. hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini oʻrganadi. 3. keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy tarkibini oʻrganadi.
 
Tekshirish obʼyektlariga binoan ham 3. bir kancha fanlarga ajratiladi. Maye, bir hujayralilarni protozoologiya, yaʼni protistologiya, parazit chu-valchanglarni gelmintologiya, mollyuskalarni malakalogiya, qis-qichbaqasimonlarni karsionolo-giya, oʻrgimchaksimonlarni araxnologiya, kanalarni akarologiya, hasharotlarni entomologiya, baliklarni ixtiologiya, qushlarni ornitologiya, sut emizuvchilarni teriologiya oʻrganadi.