Hong Kong: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xqbot (munozara | hissa)
k Bot: Fixing double redirect to Gonkong
Removed redirect to Gonkong
Teglar: Removed redirect Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
: ''Syangan soʻrovi bu yerga yoʻnaltiriladi, Syangan soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang: [[Syangan (maʼnolari)]]''
#YOʻNALTIRISH [[Gonkong]]
 
'''Syangan''', '''Hong Kong''' — [[Xitoy]] tarkibidagi maxsus maʼmuriy tuman. Mamlakatning janubi-sharqiy qismida, Janubiy Xitoy dengizi sohilida. Syangan orol, Szyulun yarim orol, shuningdek, yakin atrofidagi 235 ta orolni oʻz ichiga oladi. Maydoni 2905 km², shundan qurukdik qismi 1095 km², qolgan qismi dengiz akvatoriyasi. Maʼmuriy markazi — Syangan shahri Aholisi 6,68 million kishi (1998). Asosan, xitoylar (98%), shuningdek, tibetmyanmalar, hind, inglizlar va portugallar ham yashaydi. Aholi buddizm, daosizm, konfutsiylik, islom, hinduizm, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — xitoy va ingliz tili.
 
S qirgʻoklari qoʻltiqlar bilan parchalangan. Sohil yaqinida mayda qoyali orol koʻp. Yer yuzasi togʻli, eng baland joyi 939 m. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15—16°, iyulniki 25—27°. Yillik yogʻin 2000 mm gacha. Doim yashil tropik oʻrmonlar bor.
 
S. Xitoy bilan "bir davlat — ikki tuzum" tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyilning mazmuni Xitoyning ichki rayonlarida sotsialistik tuzum ustuvor boʻlsada, Sda kapitalistik sistema va hayot tarzi sakdanib qolgan. S.ning oʻz boshqaruv organlari boʻlib, ular tashki siyosiy faoliyat va mudofaadan tashqari barcha sohalarni mustaqil ravishda boshqaradilar. Sda siyosiy demokratiyaga amal qilinadi. S.ning boshqaruv organlari — maʼmuriyat boshligʻi, xukumatdan iborat. Shuningdek, Maʼmuriy majlis, Qonun chiqaruvchi majlis va Sud faoliyat koʻrsatadi. Maʼmuriy boʻlinmalardan tashqari siyosiy, moliyaviy va xuquqiy departamentlar ham mavjud. Maʼmuriyat boshligʻi mahalliy aholi orasidan saylov yoki konsultatsiya yoʻli bilan 5 yilga saylanadi. Pul birligi erkin konvertatsiya qilinadigan — syangan dollari.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
{{Manzara|Hong Kong Skyline Panorama -_Dec_2008.jpg|1920px|''Gonkong manzarasi''}}
 
S.ning hozirgi hududi miloddan avvalgi 3-asr oxirlaridan Xitoy davlati tarkibida boʻlib kelgan. 1840—42 yillardagi Angliya— Xitoy urushi davrida Syangan orol inglizlar tomonidan bosib olingan. 1842 yilgi Nankin bitimiga asosan Buyuk Britaniyaning "abadiy mulki"ga aylangan. 1856—60 yillardagi AngliyaFransiyaXitoy urushi natijasida Szyulun yarim orolning jan. kismi ham Angliya mulkiga qoʻshildi. 1898 yil iyunda Pekinda imzolangan konvensiyaga koʻra, Angliya Szyulun yarim orolning yana bir qismi va yondosh orollar (Yangi hudud) ni 99 yil muddat bilan ijaraga oldi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida hududni yaponlar bosib oldi. 1945 yil 30 avgustdan yana inglizlar qoʻl ostiga oʻtdi. XXR tashkil topgach (1949), Pekin hukumati S.ning mustamlaka maqomini tan olmay, uni Xitoydan "tortib olingan" hudud deb qaradi. 1982 yildan S. masalasi boʻyicha Xitoy va Buyuk Britaniya hukumatlari oʻrtasida muzokaralar boshlandi va 1984 yil 19 dekabrda Xitoy va Buyuk Britaniya tomonidan qoʻshma deklaratsiya imzolandi, unga koʻra 1997 yil 1 iyuddan S. Xitoy yurisdiksiyasi ostiga oʻtdi. Shunday kilib, Xitoy S. ustidan suverenitet oʻrnatdi va S. mamlakatning maxsus maʼmuriy rayoni deb atala boshladi.
 
S. xoʻjaligi uning "savdo faktoriyasi" roli taʼsirida shakllangan. Bunga sabab uning chuqur suvli bandargohlarga boyligi va umuman tabiiy resurslarning yoʻqligidir. Sanoati chetdan keltiriladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 4/5 qismidan ortigʻi eksport uchun moʻljallangan. Yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning asosiy kismi ulgurji va chakana savdo, eksportimport operatsiyalari, transport, aloka, moliya va sugʻurta, koʻchmas mulk operatsiyalari, ijtimoiy va kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida ishlab chiqariladi. Iqtisodiy faol aholining 63% ham shu sohalarda band. Qayta ishlash va qurilish sohasida 28% iqtisodiy faol aholi band boʻlib, YAIM ning 23% ishlab chiqariladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — toʻqimachilik va tikuvchilik. Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi ham ana shu tarmoqlarga sarflanadi. Shuningdek, soat, plastmassa buyumlar (asosan, oʻyinchoqlar) ishlab chiqariladi. Elektronika va elektrotexnika, poligrafiya sanoatlari rivojlanmoqda. Q.X. da turli sabzavot ekinlari ekiladi. Eksport uchun gulchilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. S. porti jahonda eng yirik portlardan, bajariladigan operaiiyalar turi boʻyicha Singapurdan keyingi oʻrinni egallaydi. Chetdan xalq isteʼmoli buyumlari, jihozlar, mashina va mexanizmlar, elektrotexnika tovarlari keltiriladi. Eksportga kiyimkechak (33%, dunyoda 2oʻrinda), zargarlik buyumlari va oʻyinchoqlar (11%, dunyoda 3oʻrinda), elektrotexnika va optika tovarlari, soatlar, orgtexnika va h.k. chiqariladi. Turizm rivojlangan, yiliga 6 mln. sayyoh kelibketadi. S.da 8 ta oliy oʻquv yurti bor.
 
S. — yirik xalqaro moliyaviy markaz. Dunyodagi 100 ta eng yetakchi banklarning 83 tasi bu yerda oʻz operatsiyalarini bajaradi. S. valyuta bozorida oʻtkaziladigan operatsiyalar hajmi boʻyicha Osiyoda Singapur va Tokiodan keyin 3-oʻrinda. S. Jahrn savdo tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzo.
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Hong Kong]]
 
 
{{geo-stub}}