Nikolay Gogol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
File
Qator 1:
[[File:Gogol Portrait.jpg|upright|thumb|Nikolay Gogol (Fyodor Moller, 1840)]]
 
'''Nikolay Vasilyevich Gogol''' [1809.20.3(1.4), Poltava gubernyasi, Mirgorod uyezdi — 1852.21.2 (4.3), Moskva] — rus yozuvchisi. Rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. Nejin gimnaziyasini tugatib (1828), Peterburgga kelgan. Rassomlik qilgan, drama toʻgaraklarida faol qatnashgan, ayrim yumoristik rollarni ijro etib, badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. V. Alov taxallusi bilan yozilgan "Gans Kyuxelgarten" romantik dostoni (1829) salbiy baxrlangach, chet elga ketgan. Germaniyaning Lyubek, Gamburg sh.larida boʻlgan. Peterburgga qaytib, davlat mahkamalarida xizmat qiladi. Mahkamalardagi qogʻozbozlik, sansalorlik kabi illatlar G. uchun boy mavzu boʻldi ("Peterburg qissalari, 1830). A.S. Pushkin bilan uchrashuvi (1831) G. ijodida burilish yasadi. "Dikanka qishlogʻi oqshomlari" (1831—32) toʻplamiga kirgan hikoya va qissalari ("Sorochino yarmarkasi", "Dahshatli qasos" va b.) G.ga shuhrat keltirdi. Bunda Malorossiyadagi turmush tarzi, odamlar ongi, axloqi, xalqning yumorga boy afsonalari, urf-odatlari aks ettirilgan. G. Sankt-Peterburg universiteti umumtarix kafedrasida prof. boʻlib ishladi (1834), bu unga tarix bilan chuqurroq tanishish imkonini berdi. "Mirgorod" ("Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich oralarida boʻlib oʻtmish janjallar hikoyati", "Viy" va b. qissalar) toʻplami hamda "Arabeskalar" ("Neva shoh koʻchasi", "Portret", "Tentak maktublari" qissalari) toʻplamida (1835) shahar hayoti manzaralari "koʻzdan yosh chiqquncha" kulgi qoʻzgʻatadigan usulda tasvirlanadi. "Taras Bulba" (1835) qissasi ukrain xalqining chet el bosqinchilariga qarshi kurashiga bagʻishlangan. G. 30-y.lar 1-yarmida "3darajali Vladimir" (tugallanmagan), "Uylanish" (1842 y.da nashr etildi) komediyalari ustida ishladi. "Revizor" (1836) komediyasida Rossiyadagi mansabparastlik, xazinani talon-toroj qilish, poraxoʻrlik va b. hajv ostiga olingan. G. ijodining choʻqqisi boʻlgan "Oʻlik jonlar" (1842) doston-romanida Rossiyadagi oʻsha davr hayotiga umumiy tavsif berilgan.