Turma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2) using AWB
File
Qator 1:
[[File:Allied prisoners of war after the liberation of Changi Prison, Singapore - c. 1945.jpg|thumb]]
 
'''Turma''', qamoqxona — ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasasinnnt bir turi. Oʻzbekiston Respublikasi JIK ga koʻra, T.ga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish jazoning muayyan qismi, lekin 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga oʻta xavfli retsidivistlarga va ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Shuningdek, T.lar umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzganlik uchun oʻtkazilgan shaxslarni saqlashga moʻljallangan. T.larda mahkumlar umumiy kameralarda saklanadi. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qoʻyilishini taʼminlash maqsadida muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiklangan qarori asosida uni 1 kishilik kamerada saqlashga yoʻl qoʻyiladi. T.da mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 75 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat maqsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Ular har muddati 1 soatlik sayr qilish va yil mobaynida 2 marta qisqa muddatli hamda 1 marta uzoq muddatli uchrashuv, 2 marta telefon orqali soʻzlashuv, 2 ta posilka yoki yoʻkdov, shuningdek, 2 ta banderol olish huquqiga ega. T.larda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatdan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy xulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno. Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek, 1 va 2guruh nogironlari T.larda jazoni yengillashtirilgan saklash sharoitida oʻtaydilar.