Shimoliy Amerika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 24:
Shimoliy Amerika relyefi joyning geologik yoshi, kontinental rivojlanishi tarixiga qarab turlichadir. Lavrentiy qirlarining geologik strukturasi juda qadimgi, relyefi paleozoy boshlaridan shakllangan. Toʻrtlamchi davrda muz bosishi natijasida qirning markaziy qismi choʻkkan, Gudzon qoʻltigʻi botigʻi vujudga kelgan. Appalachi togʻlarining relyefi togʻ jinslarini daryolar yuvib ketishi natijasida hozirgi shaklini olgan. Arktika orollaridagi togʻlar mezokaynozoyda shakllangan. Grenlandiya orolda oʻsha paytda otilib chiqqan bazaltlardan baland togʻlik hosil boʻlgan. qadimiy va hozirgi muzliklar relyefning nihoyatda parchalanib ketishiga sabab boʻlgan. Aleut tizmasi, Vrangel massivi, Kaskad togʻlari vulkan otilishi natijasida hosil boʻlgan.
 
Shimoliy Amerikaning markaziy katta qismi hamda Grenlandiya orolning shim. va shim.sharqidan boshqa joylari tokembriy davriga mansub Shimoliy Amerika (Kanada) platformasi joylashgan. Uni kaledon, gersin, mezozoykaynozoy yoshidagi togʻ tizmalari oʻrab olgan. Atlantikaboʻyi va Meksika boʻyi pasttekisliklari mezozoykaynozoy jinslari bilan qoplangan paleozoy zaminli platformaning plitalaridir. Shimoliy Amerikada foydali qazilmalar aksari Kanada qalqoni va Kordilyera togʻlarida. Tokembriy Kanada qalqonida temir rudasining yirik konlari, sulfid, mis, nikel va uran rudalari, shuningdek, oltin va rangli metall konlari, chekka qismlarida neft va gaz hamda toshkoʻmir konlari koʻp uchraydi. Kordilyera togʻlarida oltin, kumush, mis, rux, qoʻrgʻoshin, molibden, simob, volfram rudalari keng tarqalgan, kamroq miqdorda temir rudasi topilgan. Qoyali togʻlarda neft va gaz, fosforit konlari ochilgan.va boshqalari bor vahokazolar muharrir.KaRoL KhAn
 
== Iqlimi ==