Janubiy Amerika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 22:
Janubiy Amerikaning qirgʻoqlari kam parchalangan. Shimolida Venesuela qoʻltigʻi, gʻarbida Guayakil, janubi-gʻarbida fordlar, janubi-sharqida La-Plata, San-Xorxe va boshqa qoʻltiqlari bor.
 
== Relyefi va geologik tuzilituzilishi ==
Janubiy Amerikaning sharqida oʻrtacha balandlikdagi yassitogʻliklar, baland tekisliklar, payet tekisliklar, gʻarbida materikni gʻarb va shimol tomondan oʻrab turgan And togʻlari (oʻrtacha balandligi 5000–6000 m, eng baland joyi – 6960 m, Akonkagua togʻi) joylashgan. And togʻlari sharqida Jan. Amerika platformasining Gviana yassitogʻligi (Neblin togʻi, 3014 m) va [[Braziliya]] yassitogʻligi (Bandeyra togʻi, 2200 m) bor. And togʻlari va yassitogʻliklar oralarida uchlamchi va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan [[Orinoko]], [[Amazonka]], La-Plata payettekisliklari va Ichki tekisliklar (Pampa, Gran-Chako, Ikki daryo oraligʻi va boshqalar) joylashgan. Materikning chekka janubi-sharqida mezokaynozoy choʻkindi jinslari va muz keltirgan yotqiziklar bilan qoplangan qad.qadimiy Patagoniya platformasi bor.Janubiy Amerika materigi 2 asosiy strukturali boʻlak – markaziy qismidagi Jan.Janubiy Amerika platformasi va materikni shim., gʻarb va janubidan oʻrab turgan And burmali togʻ mintaqasidan iborat.
 
Janubiy Amerika platformasi arxey, proterozoy eralarida va qisman kembriy davrida birlashgan turli yoshdagi bloklardan tuzilgan. Fundamentining eng yirik koʻtarilmalari – [[Gviana]], Gʻarbiy Braziliya va Sharqiy Braziliya qalqonlaridir. Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlari arxey va quyi proterozoyning chuqur metamorfiklashib oʻzgargan (deformatsiyalashgan) qatlamlaridan, shuningdek, oʻrta va yuqori proterozoy granitlaridan tashkil topgan. Sharqiy Braziliya qalqoni kembriygacha davrda xreil boʻlgan alohida bloklardan iborat boʻlib, yuqori proterozoyning geosinklinal burmali sistemasi bilan oʻrab olingan. Keng Amazonka botigʻi proterozoy oxiri – paleozoy boshlarida vujudga kelib, Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlarini ajratib turuvchi katta siniq zona boʻylab joylashgan. Meridian boʻylab choʻzilgan boshqa botiq Sharqiy Braziliya qalqonini Gʻarbiy Braziliya qalqonidan ajratib turadi;uning oʻrta qismi – [[San-Fransisku Francisco]] botigʻi, asosan, proterozoy oxirida shakllangan. Shimoliy va janubiy botiqlar – Maranyan (Paranaiba) va Parana sineklizalari oʻrta va yuqori paleozoy va mezozoyda vujudga kelgan. Jan.Janubiy Amerika platformasining janubiy qismida quyi paleozoy fundamentini oʻz ichiga olgan Patagoniya platformasi ancha yosh. Unda ikkita koʻtarilma – Shimoliy Patagoniya va Jan.Janubiy Patagoniya, ikkita bukilma: Neuken-SanMatias va Chubut-San-XorxeHorhe mavjud.
 
Janubiy Amerikaning gʻarbidagi 9000 km ga choʻzilgan And togʻlari oʻzining geologik tarixi va tuzilishi bilan farq qiluvchi bir necha sistemadan iborat. Ular alp burmalanishi (mezo-kaynozoy) davrida shakllangan, shu bilan birga, togʻ asosi mezo-kaynozoydan oldin vujudga kelgan sharqiy togʻ tizmalarini ham oʻz ichiga oladi. Gʻarbiy tizmalar mezozoypaleogen yotqiziqlari va qalin vulqon jinslaridan hosil boʻlgan. Bu joylarda tez-tez halokatli zilzilalar boʻlib turadi [maye(Maye, [[Chili]] (1960) va [[Peru]] (1970) zilzilalari]). And togʻlarining koʻpgina choʻqqilari harakatdagi va soʻngan vul qonlardir (Misti, Chimboraso, Kotopaxi, Sakama va boshqalar). Koʻpgina tizmalarda doimiy qor va muzliklar (maydoni 25 ming km² chamasida) uchraydi. And togʻlarining markaziy qismidagi tizmalari orasida, 3500–4600 m balandlikda choʻl iqlimli plato – punalar bor.
 
== Foydali qazilmalari ==