Janubiy Amerika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 40:
Yirik daryolari – Amazonka (havzasining kattaligi va sersuvligi bilan Yer yuzida 1-oʻrinda), Parana, Orinoko, Urugvay, Magdalena, San-Fransisko va boshqa Atlantika okeani havzasiga mansub. And togʻlari ikki okean oʻrtasidagi asosiy suvayirgichdir. Daryolar, asosan, yomgʻirdan, togʻlardan boshlanadiganlari esa qor va muzliklardan suv oladi. And togʻlarining yil boʻyi sernam joylaridan oqib tushuvchi daryolar katta gidroenergiya resurelariga ega. And togʻlaridagi daryolar serostona, sharshara (dunyodagi eng baland – Anxel sharsharasi, 1054 m) koʻp. Ichki oʻlkalarda daryolarning transport ahamiyati katta. Yirik koʻllari Patagoniya, And togʻlari va Chilining oʻrta qismidadir. Markaziy And togʻlarida dunyoda eng baland yirik tektonik koʻl – Titikaka joylashgan. Materikning shimoliy va janubi-sharqida lagunakoʻllar (Lagoa-Mirin, Patus, Marakaybo) bor.
 
== Tuproq va oʻsimliklari. ==
Janubiy Amerikaning 40° j.janubiy k.gachakenglikgacha boʻlgan katta qismi neotropik oblasti, janubiy qismi [[Antarktika]] oblastiga mansub. Materikning shimoliyda doim yashil oʻrmonlar, savanna va butalar hamda laterit tuproqlar katta maydonni egallagan. And togʻlarida balandlik mintaqalari aniq sezilib turadi. Ekvatorial sernam oʻrmon – gileyalar, asosan, Amazoniya va [[Kolumbiya]] gʻarbida joylashgan, ularning tuprogʻi podzollashgan laterit tuproq. And togʻlarining tekisliklarga tutashgan yon bagʻirlarida togʻ gileyalari, yuqoriroqda daraxtsimon paporotnik va bambuklar, xin va koka daraxtlari, togʻ tepasida boʻtalar oʻsadi, 3200 m balandlikdan togʻ ekvatorial oʻtloqlari boshlanadi. Ekvatorial oʻrmonlardan janubiy va shim .da subekvatorial oʻrmonlar joylashgan.
 
Lyanos-Orinoko tekisligining jan., Magdalena payettekisligi, [[Braziliya]] yassitogʻligining shimolidagi qizil tuproqli yerlarda sernam savannalar, materikning shimoliy chekkasi va Braziliya yassitogʻligining shim.-sharqidagi qiziljigarrang va qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda sukkulent va butazor quruq savannalar bor. Boʻz jigarrang tuproqli Gran-Chakoda siyrak daraxtli quruq oʻrmonlar koʻproq. Subtropiklarning tuproq-oʻsimlik zonalari, xuddi Shimoliy Amerikadagi kabi, asosan meridional yoʻnalishda. Subtropik oʻrmonli dasht zonasidagi qizgʻish-qora tuproqli yerlarda qaragʻay oʻrmonlari, savannalar, Kordilyera togʻlari etagidagi boʻz tuproqli chala choʻl va choʻllarda tikanakli boʻta va kaktuslar oʻsadi. Patagoniyadagi boʻz tuproqli chala choʻllarda butalar, Jan.Janubiy And togʻlaridagi qoʻngʻir tuproqlarda aralash qalin oʻrmonlar bor. Janubiy Amerika oziqovqat mahsulotlari, dori-darmon, sanoat xom ashyosi va qimmatbaho yogʻoch beradigan oʻsimliklar (shokolad daraxti, kakao, xin va qizil daraxtlar, geveya, kebracho va boshqalar)ga boy.
 
Hayvonot dunyosi neotropik oblastga mansub. Bu oblast Janubiy Amerikada materikning shimoliy katta qismini oʻz ichiga olgan Gviana-Braziliya kichik oblasti va janubiy tekisliklar hamda And togʻlarini (Ekvadorgacha) oʻz ichiga olgan Patagoniya-And kichik oblastiga boʻlinadi. Endemik hayvonlar (nandu tuyaqushi va boshqalar) koʻp. Qalin oʻrmonlarda keng burunli maymunlar, yalqov, chumolixoʻr, daraxt jayrasi (koendu), xaltali kalamush (opossum), kinkaju ayigʻi, koʻrshapalaklar va boshqa yashaydi. Yerda yashovchi hayvonlardan qalqondor, tapir, yaguar, qora choʻchqa, oʻrmon iti, hozirgi zamondagi eng yirik kemiruvchi – suv choʻchqasi (kapibara) bor. Daryolarida dare delfini (iniya), timsoh, baliqlarning 2000 tacha turi va daraxt baqalari yashaydi. Qushlar (toʻtilar, kolibri, kondor va boshqalar) hamda sudralib yuruvchilar (zaharli va boʻgʻma ilonlar, kaltakesaklar) koʻp. Endemik xasharotlarhasharotlar (ulkan kapalaklar, chumolilar), savannalarda kiyik, nandu tuyaqushi, [[kemiruvchilar]] bor. Materikning janubiy qismidagi ochiq dasht va chala choʻllarda puma, [[kiyik]], pampa mushugi va tulkisi, magellan iti, yoldor boʻri; kemiruvchilardan vidra, botqoq nutriyasi, mara, tuko-tuko, qushlardan burgut, palamedeya va boshqa yashaydi.
 
== Geografik tadqiqotlar tarixi ==