Yevropa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Aholisi: - [[]]
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
+
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Yevropa (maʼnolari)}}
{{Bilgiquti qitʼa
[[Tasvir:Europe-Asia border (geographic).png|250px|thumb|right|Yevropa]]
|nomi = Yevropa
[[Tasvir:Europe (orthographic projection).svg|250px|thumb|right|Yevropa]]
|tasvir = {{Switcher|[[Fayl:Europe orthographic Caucasus Urals boundary (with borders).svg|frameless]]|Show national borders|[[Fayl:Europe orthographic Caucasus Urals boundary.svg|frameless]]|Hide national borders|default=1}}
[[Tasvir:Rectified Languages of Europe map.png|thumb|250px|right|Yevropa]]
|maydoni = 10,180,000 km²
[[Tasvir:Grossgliederung Europas.png|thumb|250px|Yevropa]]
|aholisi = 741,447,158 (2016)
[[Tasvir:First.Crusade.Map.jpg|thumb|250px|Yevropa; [[1000]].]]
|zichligi = 72.9/km<sup>2</sup>
|etnoxoronim = Yevropalik
|davlatlar = 50 ta
|davlatlar_royxati =
|qaram davlatlar =
|tan_olinmagan =
|tillar = [[Ruscha]], [[Nemis tili|Nemischa]], [[Fransuz tili|Fransuzcha]], [[Italyan tili|Italyancha]], [[Inglizcha]], [[Ispan tili|Ispancha]], [[Polyak tili|Polyakcha]], [[Ukrain tili|Ukraincha]], [[Rumin tili|Rumincha]], [[Niderland tili|Niderlandcha]]
|vaqt = [[UTC−01:00|UTC−1]]dan [[UTC+05:00|UTC+5]]gacha
|internet =
|shaharlar = [[Istanbul]], [[Moskva]], [[Parij]], [[London]], [[Madrid]], [[Barcelona]], [[Sant-Peterburg]], [[Rim]], [[Berlin]], [[Milan]]
}}
Yevropa ([[yunon tili|yun.]] Yeigore, osuriy tilida „ereb“ — gʻarb) — qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km<sup>2</sup>; 730 ming km<sup>2</sup> ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, [[Osiyo]] bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, [[Kaspiy dengizi]], Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan. Shimoldan [[Shimoliy Muz okeani]] va uning dengizlari (Kara, Barens, Oq, Norvegiya) bilan, gʻarb va janubdan [[Atlantika okeani]] va uning dengizlari (Boltiq, Shimoliy, Oʻrta, Marmar, Kora va Azov) bilan chegaralangan. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda — Nordkin burni (7R08’ sh. k.), janubda — Marroki burni (36°00’ sh. k.), gʻarbda — Roka burni (9°34’ gʻ. u.), sharqda. Qutbiy Ural togʻining sharqiy etagi (67°20’ shq. u.). Ye. hududining 25 % ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari: Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Qrim yarim orollari. Yevropaga qarashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari: Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Shpitsbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya, Krit. Yevropa qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 38 ming km. Qirgʻoqlari kuchli emirilgan, dengiz va qoʻltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan.
 
== Tabiati ==
Relefi ningaksari qismi pasttekislik va qirlardan, 1/5 qismi togʻlardan iborat. Yevropa oʻrtacha (300 m chamasi) va maksimal (4807 m, Alp togʻlaridagi Monblan choʻqqisi) balandligi jihatdan boshqa qitʼalardan (Avstraliya bundan mustasno) keyinda turadi. Baʼzi rayonlari (Kaspiy boʻyi pasttekisligi — 28 m, Shimoliy va Boltiq dengizlari sohili) dengiz sathidan pastligi Yevropa relefi tektonik tuzilishi va tarkib topishi tarixi jixdtidan xilma-xil. Yevropaning sharqiy qismini [[Sharqiy Yevropa]] tekisligi egallaydi. Uning yuzasi toʻlqinsimon, tepalik koʻp, oʻrtacha balandligi 170 metr. Baʼzi joylari 200 m va undan ham balandroq boʻlib, quyidagi qirlar bor: Valroka burni — Yevropaning gʻarbiy eng chekka nuqtasi. Oʻrta Rus, Volga boʻyi, Dnepr boʻyi, Volin, Podolsk va boshqalar. Sharqiy Yevropa tekisligi asta-sekin Oʻrta Yevropa tekisligiga oʻtib boradi. Gʻarbiy Yevropaning katta qismi togʻlardan iborat. Janubda yosh burmali togʻlar koʻtarilib turadi, bular — Pirenei, Alp, Apennin, Karpat, Stara-Planina togʻlari, Dinara yassitogʻpigi. Yevropaning oʻrta qismi qadimgi togʻlar — Se- venna, Yura, Gars, Shvarsvald, Sudet va b.lardan iborat. Qad. togʻlarga yana Grampian, Pennin, Skandinaviya togʻlari va Uralni kiritadilar. Yevropa relefining taraqqiyotida pleystotsen muz bosishlarining roli katta. Koʻp joylarda muzlik izlari hozirgacha saqlangan. Muzlikning asosiy markazi — Skandinaviya, kichikroq markazlari — Britaniya orollari, Alp va Karpat togʻlari boʻlgan. Muz qalinligi 2,0—2,5 km ga etgan.