John Locke: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar using AWB
File
Qator 1:
[[File:John Locke's Kit-cat portrait by Godfrey Kneller, National Portrait Gallery, London.JPG|thumb|Lokk Jon]]
 
LOKK (Locke) Jon (1632.29.8, Rington — 1704.28.10, Ots) — ingliz faylasufi, liberalizm asoschisi. Asosiy falsafiy asari "Inson aqli toʻgʻrisida tajriba" (1690) inson bilimlarining kelib chiqishi, turlari va imkoniyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. L. "tugʻma gʻoyalar" va axloq tamoyillari haqidagi nazariyalarni tanqid qilib, barcha gʻoyalar 2 asosiy manba — tashqi tajriba (sezgi) va ichki tajriba (refleksiya)dan kelib chiqadi, deydi. L. taʼlimotiga koʻra, tashqi tajribaning manbai sezgi aʼzolarimizga taʼsir etuvchi obʼyektiv reallik, ichki tajribaning manbai esa kishining ichki hissi va kechinmalaridir. L. oʻzining davlat haqidagi taʼlimotida davlat faoliyati eng zaruriy narsalar bilan cheklanishi va xalq, suvereniteti asosidagi konstitutsiyaviy hukumat boʻlishi lozim, deb hisobladi. Bu hukumat barcha uchun ozodlik va teng huquqlilikni kafolatlashi kerak. Shuningdek, hokimiyat boʻlinishi lozim. L. axloqiy qarashlarida sensualistik asoslarga tayandi. Ped.ga oid "Tarbiy haqida baʼzi fikrlar" (1693) asarida tashqi muhitning tarbiyaga hal etuvchi taʼsirini taʼkidladi. Diniy mutaassiblikka qarshi chiqib, din erkinligiga daʼvat etdi. Diniy bagʻrikenglikka toʻrt maktubini bagʻish-ladi (maktub 1689, 1690, 1692 va 1706 yillarda nashr etilgan). L.ning ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasi tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma nazariyasiga tayanadi. U assotsiativ psixologiyaning asoschisi. L.ning gʻoyalari Yevropa falsafiy va ijtimoiysiyosiy tafakkuri tarixida katta rol oʻynadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>