John Locke: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
'''John Locke''' (29-avgust 1632 &ndash; 28-oktabr 1704), [[Ingliz]] [[faylasuf]]i, hamda [[liberalizm]] asoschisi. Asosiy falsafiy asari "Inson aqli toʻgʻrisida tajriba" ([[1690]]) inson bilimlarining kelib chiqishi, turlari va imkoniyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Locke "tugʻma gʻoyalar" va axloq tamoyillari haqidagi nazariyalarni tanqid qilib, barcha gʻoyalar 2 asosiy manba &ndash; tashqi tajriba (sezgi) va ichki tajriba (refleksiya) dan kelib chiqadi, deydi. Locke taʼlimotiga koʻra, tashqi tajribaning manbai sezgi aʼzolarimizga taʼsir etuvchi obektiv reallik, ichki tajribaning manbai esa kishining ichki hissi va kechinmalaridir. Locke oʻzining davlat haqidagi taʼlimotida davlat faoliyati eng zaruriy narsalar bilan cheklanishi va xalq, [[suverenitet]]i asosidagi konstitutsiyaviy hukumat boʻlishi lozim, deb hisobladi. Bu hukumat barcha uchun ozodlik va teng huquqlilikni kafolatlashi kerak. Shuningdek, hokimiyat boʻlinishi lozim. Locke axloqiy qarashlarida sensualistik asoslarga tayandi. [[Pedagogika]]ga oid "Tarbiya haqida baʼzi fikrlar" ([[1693]]) asarida tashqi muhitning tarbiyaga hal etuvchi taʼsirini taʼkidladi. Diniy mutaassiblikka qarshi chiqib, din erkinligiga daʼvat etdi. Diniy bagʻrikenglikka toʻrt maktubini bagʻishlagan boʻlib, ushbu maktublar 1689, 1690, 1692 va 1706-yillarda nashr etilgan). Locke'ning ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasi tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma nazariyasiga tayanadi. U assotsiativ psixologiyaning asoschisi. Locke'ning gʻoyalari [[Yevropa]] falsafiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkuri tarixida katta rol oʻynadi.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyotlar ==
{{OʻzME}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
== Havolalar ==
{{Commons category}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Kishilar]]
 
[[Turkum:Ingliz faylasuflari]]
{{stub}}