Shohrux Mirzo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Turkmen (munozara | hissa)
k 185.177.0.234 tahrirlari Umarxon III versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 17:
Yoshlik yillari [[Samarqand]]da o‘tgan, shu yerda dunyoviy va diniy ta’lim olgan. [[Amir Temur]] 1390-91-yillar [[Dashti Qipchoq]]qa va [[1392-yil]] harbiy mamlakatlarga 5 yillik yurishlari chog‘ida Shohruhni mamlakatni boshqarishga tayinlab qoldirgan. Ko‘p o‘tmay, [[Amir Temur]] Shohruxni o‘z yoniga chaqirib oladi va 17 yoshli Shohrux jangovar harakatlarda qatnasha boshlaydi. [[Amir Temur]] uni lashkarning mang‘lay va juvang‘ar qismlariga tayinlaydi, keyinroq esa, [[Samarqand]]ga qaytarib, poytaxtni boshqarib turishni topshiradi.
 
[[Amir Temur]] 1396-yil Shohruxga [[Xuroson]] o‘lkasini suyurg‘ol qiladi va tegishli qo‘shin hamda elat bilan birga uni o‘z mulkiga jo‘natadi. Shohrux [[Amir Temur]]ning 7 yillik yurishida, xususan, [[Yaqin Sharq]]dagi harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan, lashkarning ilg‘or, mang‘lay, juvang‘ar qismlarini boshqargan; janglarda shaxsiy dov-yuraklik va mahorat namoyish etgan. Uni adolatparvar, raiyat tinchligini ko‘zlovchi shaxs sifatida bilganlar; qamalda qolgan shaharlar aholisi aksari hollarda sulh taklifi bilan Shohruxga murojaat qilganlar va u ham o‘z yordamini ayamagan. Ba’zi hollarda, [[Amir Temur]] Shohruxni lashkarning o‘g‘ruq qismini qo‘riqlashga mutasaddi qilgan. [[Sharafuddin Ali Yazdiy]] “[[Zafarnoma]]”da yozishicha, [[Amir Temur]] hayotining keyingi yillarida Shohruxning davlatdorlik sifatlariga alohida e’tibor bergan. Chunonchi, [[Xitoy]]ga yurishi chog‘ida, saltanat xavfsizligini ta’minlash, xususan, harbiy o‘lkalarni idora etish kabi katta mas’uliyatni Shohrux zimmasiga yuklaydi va uni Xurosonda qoldiradi. [[Sohibqiron]] 1391-92-yillar [[mo‘g‘ullar]] bosqini davrida butunlay xarob qilingan [[Banokat]] shahri o‘rniga yangi shahar barpo etib, u yerga atrof yerlardan aholini ko‘chirib obod qiladi hamda uni [https://uzpesni.ru/2018/shohrux-mirzo-hali-korasan-2019/ Shohruxga] suyurg‘ol qiladi va bu shahar [[Shohruxiya]] nomi bilan shuhrat topadi.
 
==Hukmdor==