Kaltakesaklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
 
Qator 1:
'''Kaltakesaklar''', [[sudralib yuruvchilar]] [[sinf]]ining kenja turkumi. 2000 tacha [[tur (biologiya)|tur]]i bor. [[Gekkonsimonlar]], tangacha oyoqlilar, [[agamalar]], [[iguanalar]], [[urchuq kaltakesaklar|urchuqsimonlar]], zahartishlilar, [[echkemarsimonlar]], [[amfisbenalar]], asl kaltakesaklar, [[ssinksimonlar]] kabi [[oila (biologiya)|oila]]larga boʻlinadi. K.ning [[tana]] shakli turli-tuman. Besh barmoqli oyoqlilari ham, oyoqsizlari ham uchraydi. Oyoqsiz K.da toʻsh suyagi va oyok kamari saqlangan. K. keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ularning 38 turi, mas, fotmanchiq, echkemar, toshkaltakesak, kunkargʻar, [[sariq ilon]], bot-bot, [[qizilquloq]] va h.k. bor. Asl kaltakesaklar oilasi mazkur turkum uchun tipik vakildir. Bu oilaning 156 tacha turi bor. Ular 21 ta uruqqa kiradi. [[Gavda]]si silindr shaklida; boʻyni yaqqol ajralib turadi; [[dum]]i uzun va uziluvchi; [[oyoq]]lari yaxshi rivojlangan; boshi va qorni qalqonlar, gavdasi tangachalar bilan qoplangan. Dumidagi tangachalar halqa shaklida. [[Quloq]] teshigi bor. [[Afrika]], [[Osiyo]] va [[Yevropa]]ning serquyosh, issiq mintaqalarida yashaydi. Oʻzbekistonda yozda kun qiziganda [[uya]]lariga (salqin joylarda) kirib oladi. Qishda (noyab.dan martgacha) karaxt boʻladi. [[Tuxum]] qoʻyadi; tuxumdan tirik tugʻuvchi turlari ham bor. [[Hasharot]] va b. jonivorlar bilan oziqlanib, koʻp foyda yetkazadi. Yugurdak kaltakesak, tirik tugʻar kaltakesak, Oʻzbekistonda keng tarqalgan ildam kaltakesakcha va hokazolar shu oilaga kiradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyotlar ==
{{OʻzME}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
 
[[Turkum:Hayvonlar]]kaltakesaklarga dushman hujum qilganda dumini tashlap qochadi va chalg'itadi.Dumsiz qolgan kaltakesak 1 kunda yani 24 soat mobaynida yangi dumi usib chiqadi butunligicha
[[Turkum:Kaltakesaklar| ]]
[[Turkum:Hayvonlar]]