Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 113:
==Devonning huquqlari va javobgarligi==
Devon oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
* davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan koʻrib chiqilayotgan masalalarni tahlil qilish va qayta ishlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni soʻrash hamda olish;
* zarurat boʻlganda, axborot-tahliliy materiallar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish, shu maqsadlarda ishchi komissiyalar va guruhlar tuzish;
* qonunchilikka muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar faoliyatini ular tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bajarilishi holatini oʻrganish;
* davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlariga oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha materiallarni aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuborish;
* davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
* davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlariga Devonga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
* Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar majlislarida qatnashish;
* davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish.
* oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish;
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif va masalalarni kiritishda ularning ekspert jihatdan sifatli ishlanishini tashkillashtirish, milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash;
* ijro intizomini taʼminlash.
* Devon faoliyatini tashkil qilish
 
==Ish faoliyati==