Televideniye: Versiyalar orasidagi farq

22 bayt olib tashlandi ,  3 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
(+)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
1928 yilning 4 avgust kuni teletasvirni uzatuvchi apparat koʻchaga oʻrnatildi. «Xiva» kinoteatri oldiga oʻrnatilgan telemajmuaning tasvirni qabul qiluvchi qismida oʻtib ketayotgan tramvay koʻrindi. Bu dunyoda birinchi bor koʻchada toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatilayotgan telereportaj — toshkentlik ixtirochilarning katta gʻalabasi edi.
Televizor haqida maʼlumot beradigan boʻlsak, u telestudiyalardan uzatiladigan teleeshittirishlarning signallarini qabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun moʻljallangan radioelektron qurilma. Televizorning rangli va oq-qora, statsiognar va koʻchma xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan electr signallarini toʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqalitelevizorga uzatiladi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, soʻngra kineskop va radiokarnayga oʻtadi. Generatorlar vositasida kineskop ekranida television rastr hosil qilinadi. Oq-qora televizorda tasvir tasvir signallari qora va yorugʻ elementlar koʻrinishida namoyon boʻladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizor bir, uch, besh, oʻn ikki, oʻttiz bir va hokazo kanallari boʻladi. Televizorda qabul qilish uchun metrli toʻlqinlardiapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun televizorlarga alohida moslama — konverton qoʻyiladi. U detsimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa television kanal chastotasiga moslab beradi. Televizorlarning tuzilishi standartlashtirilgan. Uning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlb ulash bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvatlari bilan taʼminlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini koʻrish uchun televizorda sozlash blokidan foydalaniladi. Bu sozlash bloki yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan boʻladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchunbu signallar kuchaytirilganidan soʻng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqa-boshqa mustaqil kanallar boʻyicha ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detector yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli televizorlarning tuzilishi ancha murakkab, ular oq-qora televizorlardan ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye tizimi uch kanalli boʻladi. Monoxrom tashkil etuvchilar — qizil, koʻk va zangori ranglar rang qorgichchida aralashadi, soʻngra uzatgich modilyatoriga oʻtadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan uch chastota kanaliga boʻlinib, rangli kineskopga oʻtadi. Sifat koʻrsatkichlari, ekranning oʻlchami va foydalanishga qulayligi boʻyicha televizor toʻrt sinfga boʻlinadi: I—III sinfdagisi — statsionar televizorlar, IV sinfdagisi — portativ, yaʼni koʻchma televizorlar, odatda, televizorlar bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv bloklardan tuziladi. Televizorlarda asosan, yarim oʻtkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qoʻllaniladi. Ekrani tekis va elektrlyuminiforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli televizorlar yaratilgan.
== Adabiyotlar Manbalar==
{{Manbalar}}
IKROM RUZIMURODOV 1997
 
Ikrom