Javdar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Ercé (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
 
[[File:Secale cereale MHNT.BOT.2015.2.40.jpg|thumb|''Secale cereale'']]
'''Javdar''', qora bugʻdoy (Secale) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, don ekini. 13 turidan 11 tasi yovvoyi boʻlib, Kichik va Oʻrta Osiyoda, Eron, Afgʻoniston, Zakavkazye, Janubiy Afrikada oʻsadi, qolgan 2 turidan biri — dalalarda begona oʻt tariqasida uchraydi (S. segetale), biri asosan Shim. yarim shar mamlakatlarida yetishtiriladigan madaniy yoki ekiladigan J. (S. cereale) dir. J.ning vatani Kavkaz, Kichik va Oʻrta Osiyoning togʻ oldi mintaqalari. Kuzgi va bahorgi shakllari bor, asosan kuzgisi ekiladi. Jahon boʻyicha ekin maydoni 9,9 mln.ga oʻrtacha hosildorlik 20,3 s/ga, yalpi hosili 20,1 mln. t (1999). Asosan Yevropa mamlakatlarida koʻp ekiladi (Polshada — 2,2, Rossiyada 3,5, Ukrainada 0,6 mln.ga). Oʻzbekistonda J. kam ekiladi (8 ming ga, 1999).