Shina: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 2:
'''Shina''' (nem.) (texnikada) — avtomobil, traktor va boshqalar mashinalarning gʻildiragi gardishiga kiygiziladigan rezina yoki rezina toʻqimali pnevmatik qobiq; gʻildirakning yoʻl bilan tishlashishini taʼminlaydi, notekis yoʻllardagi turtki va zarbalarni yumshatadi. Kamerasiz va kamerali turlari mavjud. Kamerali Shina, asosan, kamera, pokrishka va bort lentasidan iborat. Shina karkas, protektor, yostiqsimon qatlam (breker), yon devorlar va bortlardan tashkil topadi. Karkas pokrishka uchun asos vazifasini bajaradi va kord qatlamlaridan yasaladi. Pokrishka kameraga nasos yordamida yuborilgan havo bosimiga qarshilik koʻrsatadi va uni shikastlanishdan saqlab turadi. Kamerasiz shinada havoning ichki bosimi taʼsirida pokrishka bortlari gʻildirak gardishi chetlariga zich tegib turadi, bu esa zarur germetiklikni (havoning sizib chiqmasligini) taʼminlaydi.
== * [[Kauchuk]] * [[Rezina]] {{OʻzME}}
|