Ubaydullaxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
Ubaydullaxon poytaxtni [[Samarqand]]dan [[Buxoro]]ga koʻchirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning [[Movarounnahr]]da tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan boʻldi.
 
Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u [[Ismoil I Safaviy|Ismoil Safaviy]] va qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama oʻsdi.
Ubaydullaxon oʻz davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U [[Hirot]]ni ishgʻol etgan, qizilboshlarni bir necha marta magʻlubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi oʻzaro kurash va tarqoqlikka barham berdi.
Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi.