Parij: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k Mosalina9 tahrirlari Baronnet versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 38:
Miloddan avvalgi 1-asrda hozirgi P. oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lyutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, milodiy 3—4asrlarda Pariziya deb atalgan (Parij nomi shundan olingan). 497 yildan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886 yillarda P. normannlar qamaliga bardosh bergan. 987 yildan P. fransuz qirolligi poy-taxti. 14—15-asrlarda P. bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) P. inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436 yilgacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-asrdagi diniy urushlarda P.ning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-asrning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-asrda P. Yevropaning mada-niy markaziga aylangan. Fransiya— [[Prussiya]] urushi (1870—71) davrida P.ni nemis qoʻshinlari bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida P. gitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944 yil 19—25 avgustda ulardan ozod qilindi.
 
P. mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoklari: mashinasozlik (xususan, avtomo-bilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari ishlab chiqarish, harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kime sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. P.da tayerlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiy-imlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi<ref>[https://misstourist.com/unusual-paris-6-places-that-you-probably-did-not-visit/ Unusual Places in Paris for Tourists]</ref>.
 
P. — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan I tomonga radial ketgan temir yoʻllar 2 qator xalqa yoʻl bilan birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. P.da 1900 yildan metropoliten ishlamoqda.