Irqlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn qo‘shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Irqlar''' — Homo sapiens aqlli odamlar turi ichidagi sistematik guruxlar. Har bir irq oʻziga xos irsiy belgilar, mas, koʻz, soch va teri rangi, yuz va bosh qutisi shakliga binoan boshqa irklardan farq qiladi. Hoz. odamlar 3 ta: ekvatorial (negroid, avstraloid), yevrosiyo (yevropoid), osiyoamerika (mongoloid) yoki 5 ta (negroid, avstraloid, yevropoid, mongoloid, amerikanoid) yirik irqlarga boʻlinadi. Har bir irq ichida yana kichikroq, yaʼni kenja I. boʻladi. Mac, ekvatorial irq negr, negrill, bushmen, avstraliya va b. irklarga; yevropoid irq esa atlantika-boltiq, Hind-Oʻrta dengizi, oʻrta yevropa va b. ga; mongoloid irq shim. osiyo, arktika, jan. osiyo va b. ga ajraladi.
 
Irqlar paleolitning soʻnggi davrlarida bundan 40—30 ming yil avval odam Yer yuzini egallashi bilan shakllana boshladi. Oʻsha davrda koʻpchilik irqiy belgilar moslanish xususiyatiga ega boʻlganligidan muayyan muhit sharoitida tabiiy tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan. Mas, ekvatorial irkda terining kora rangi ultrabinafsha nurlar taʼsiridan himoyalovchi, burun katagining keng boʻlishi nam tropik iqlim sharoitida suv bugʻlanishini kuchaytiruvchi, tananing uzun boʻlishi tana yuzasini tana hajmiga nisbatan kengaytirish orqali termoregulyasiyani amalga oshiruvchi vosita sifatida vujudga kelgan.