Irqlar — versiyalar orasidagi farq

4 bayt olib tashlandi ,  2 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
'''Irqlar''' — Homo Sapiens turi ichidagi [[sistematik guruh]]larguruhlar. Har bir irq oʻziga xos irsiy belgilar, mas, [[koʻz]], [[soch]] va [[teri]] rangi, [[yuz]] va bosh qutisi shakliga binoan boshqa irqlardan farq qiladi. Hozirda odamlar 3 ta: ekvatorial (negroid, avstraloid), yevrosiyo (yevropoid), osiyoamerika (mongoloid) yoki 5 ta (negroid, avstraloid, yevropoid, mongoloid va amerikanoid) yirik irqlarga boʻlinadi. Har bir irq ichida yana kichikroq, yaʼni kenja irq boʻladi. Masalan, ekvatorial irq negr, negrill, bushmen, avstraliya va b. irklarga; yevropoid irq esa atlantika-boltiq, Hind-Oʻrta dengizi, oʻrta yevropa va boshqalarga; mongoloid irq shim. osiyo, arktika, jan. osiyo va b. ga ajraladi.
 
Irqlar paleolitning soʻnggi davrlarida bundan 40—30 ming yil avval odam [[Yer|Yer yuzi]]ni egallashi bilan shakllana boshladi. Oʻsha davrda koʻpchilik irqiy belgilar moslanish xususiyatiga ega boʻlganligidan muayyan muhit sharoitida tabiiy tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan. Masalan, ekvatorial irqda terining qora rangi ultrabinafsha nurlar taʼsiridan himoyalovchi, burun katagining keng boʻlishi nam tropik iqlim sharoitida suv bugʻlanishini kuchaytiruvchi, tananing uzun boʻlishi tana yuzasini tana hajmiga nisbatan kengaytirish orqali termoregulyasiyani amalga oshiruvchi vosita sifatida vujudga kelgan.