Serera: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda using AWB
→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi using AWB
Qator 1:
'''Serera''' (lot. Ceres) — kichik sayyora, asteroid; 1801 yilda J. Piatssi kashf etgan. S. kichik sayyoralar ichida eng kattasi boʻlib, diametri 770 km, oʻrtacha koʻrinma yulduz kattaligi 7,5. Quyosh atrofini 4,6 yilda bir marta toʻliq aylanib chiqadi. S.ning Quyosh atrofidagi orbitasi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan. S. orbitasining katta yarim oʻqi, yaʼni uning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,77 astronomii birlikka teng . S. orbita tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi /=10°,61, ekssentriteti ye=0,076. Hamma kichik sayyoralar singari S. ham aniq geometrik shaklga ega boʻlmagan qattiq jism boʻlib, oʻz atmosferasiga ega emas.
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->