Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
 
Shahar 1655—56 yillarda qalʼa sifatida bunyod etildi. 1919—34 yillarda USSRning poytaxti boʻlib turdi. X. mashinasozlik boʻyicha Ukrainada yetakchi oʻrinda (respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/5 qismini beradi). X.da energetika mashinasozligi, shu jumladan, elektrotexnika sanoati ("Turboatom", "Elektrotyajmash", "Ukrelektromash" va boshqa i.ch. birlashmalari; elektromexanika, "Yujkabel" va boshqa zavodlar), traktor mashinasozligi ("Xarkovskiy traktorniy zavod" va boshqalar), qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi (motor yigʻish, "Serp va molot" i.ch. birlashmalari; aviatsiya sanoati va boshqalar), stanok va priborsozlik; radioelektronika sanoati va boshqa; kimyo va kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, koʻnteri, moʻynachilik va boshqalar) sanoatlari rivojlangan. Metropoliten (1975 yildan), 21 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 3 universitet), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), tarixiy, badiiy, tabiat muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Pokrovskiy (17-asr), Uspeniye (18-asr) soborlari; Yekaterina saroyi (18-asr), proviant omborlari (18-asr) saklangan.
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
4 449

ta tahrir