Xonaqoh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Qator 2:
 
X., odatda, murabba yoki toʻrtburchak tarhli boʻlib, bir necha kirish eshigiga ega boʻlgan. Mujassamotida, ayniqsa, ochiq muhitda markaziylikka moyillik seziladi. Asosiy kirish eshigi anʼanaviy usulda baland peshtokli qilib qurilgan, eshiklar tobadoniga yogʻoch panjaralar oʻrnatilgan, ichi oddiy, ravoqli, tokchali, mexrobi serhasham bezatilgan. Binolar tarkibidagi X. maqbara boʻlgan yoki tunga oʻxshash vazifani bajargan (mas, Toshkent shahridagi Baroqxon madrasasidati Suyunchxoʻja maqbarasi, Abulkosim madrasasidagi Moʻyi muborak X. va boshqalar). Mahalla mayejidlari X. i gumbaz tomli qilib qurilsa ham, ayvonining shifti tekis boʻlgan. Koʻp holatlarda X. ham, ayvon ham bir xil toʻsinli qilib qurilgan. Yirik X.lar amaliy bezak sanʼati namunalari (ganch va yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik va boshqalar) bilan jozibador bezatilgan (Buxorodagi Xoʻja Zaynuddin, Chor Bakr, Qosim Shayx X.lari diqqatga sazovor). X. maxsus bino sifatida Oʻrta Osiyoda Amir Temur davrida ham maʼlum boʻlgan, 16-asrdan keng miqyosda qurila boshlagan. Vaqt oʻtishi bilan X.ning vazifasi oʻzgarib borgan, soʻnggi oʻrta asrlarga kelib X. darvishlar zikru samoʼ qiladigan maskanga aylana boshlagan.
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->