Epigramma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi (2) using AWB
→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Qator 1:
'''Epigramma''' (yun. — ustki yozuv) — kichik hajviy sheʼr. Yunonistonda ibodatxona va haykallarga oʻyib yozilgan sheʼriy parchalar E. deb atalgan. Ularda maʼbudlar va qahramonlar madh etilgan, baʼzan E.lar hikmatli iboralarni ham qamrab oladi. Birinchi yunon E.lar antologiyasi miloddan avvalgi 1 a.da tuzilgan va 6— 10-asrlarda toʻldirilgan; natijada 16 kitobdan iborat majmua vujudga kelgan ("Palatin antologiyasi", 4000 ga yaqin E.). Lotin adabiyotida E. janri miloddan avvalgi 2— 1 a.larda paydo boʻlgan. Yangi davr adabiyotida, xususan, klassitsizm sheʼriyatida E. uncha katta boʻlmagan hajviy sheʼr boʻlib, odatda, bironbir shaxsga qarshi yoʻnaltiriladi. Soʻnggi davr shoirlari ham E. janriga murojaat qilganlar, Oʻzbek adabiyotida H.H.Niyoziy ("Bir eshon oʻpkasi", "Bir sharmanda tilidan"), Gʻ.Gʻulom ("Obakidandon", "Istaklarim") va boshqalar bir qancha E.lar yozganlar.
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->