Amerika Qoʻshma Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
37.110.215.173 (mun.) tomonidan qilingan 2057451-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeys va eskimoslar yashagan. Amerika 1492 yilda X. Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin 16-asrda Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya, Shvetsiya, Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya 18-asr oʻrtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aholi qirgʻin qilindi va Afrikadan qul Aziz negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775–83 yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776 yil 4 iyulda federal davlat – AQShga asos solindi va u respublika deb eʼlon qilindi. [[George Washington|J. Vashington]] AQShning birinchi prezidenta etib saylandi. Mamlakat shimolida sanoat va fermerlik, janubiyda quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. Gʻarbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni oʻzlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi. 1803 yilda Fransiyadan Gʻarbiy Luiziana „sotib olindi“, 1819 yilda Ispaniya Floridaning bahridan oʻtdi, 1836 yilda Meksikadan Texas tortib olindi. 19-asr mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko, Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qoʻshib olindi. 19-asr oʻrtalarida AQShda „ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respublikachilar partiyasi galmagal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari oʻrtasidagi ziddiyat AQShda 1861–65 yillar fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident [[Abraham Lincoln|A. Linkoln]] boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. 1867 yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; 19-asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903 yilda Panama kanali zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida AQShga koʻchib kelishning yangi toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi jahon urushi davri (1914– 18)da AQSh avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917 yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin AQSh iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz (1929–33) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933 yil 17 mln. ishsiz bor edi), korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida [[Franklin Roosevelt|F. Ruzvelt]] (1933– 45 yillarda AQSh prezidenta) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl AQShni inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi. 1941 yilda Yaponiya Amerikaning PyorlXarbor harbiy-dengiz bazasiga hujum qilganidan keyin AQSh [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushiga]] qoʻshildi va Gitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan Tinch okeanda Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. 1943 yilda Italiyaga qoʻshin tushirdi. AQSh ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943 yil Texron, 1945 yil Qrim, 1945 yil Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944 yil 6 iyunda AQSh bilan Buyuk Britaniya ikkinchi frontni ochdi. 1945 yil avgustda [[Harry S. Truman|G. Trumen]] (1945–53 yillarda AQSh prezidenta) buyrugʻi bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch aholining qirilishiga sabab boʻldi. 1950-53 yillarda AQSh Koreya urushida qatnashdi, 1956–75 yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945 yildan AQSh – [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]], shuningdek Amerika davlatlari tashkiloti, NATO aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 12 fevralda oʻrnatgan.
 
Milliy bayrami – Mustaqillik kuni – [[4-iyul|4 iyul]] (1776).