Toshkent tibbiyot akademiyasi — versiyalar orasidagi farq

qisqa izoh tahrirlanmadi
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
 
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha 6 ta ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Akademiya ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.
==Filiallari==
===Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali (TTATF)===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi 172-sonli qaroriga binoan Termiz tibbiyot kolleji bazasida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etilib, u 2018-yil 1-fevraldan faoliyatini boshladi.
 
2017-2019 o‘quv yilida 287 nafar, 2018-2019-yillarda 409 nafar, 2019-2020 o`quv yilida esa 384 nafardan ortiq talaba qabul qilindi. Hozirgi kunda filialda tibbiy fakultet mavjud bo‘lib, talabalar tibbiy va pediatriya sohasida ikki yo‘nalishda tahsil olmoqdalar.
 
Toshkent tibbiyot akademiyasining 11 nafar professor-o‘qituvchilari filial talabalari uchun onlayn maʻruzalar va seminarlar o‘tkazmoqdalar.
 
 
*Filialda 4 ta kafedra mavjud:
 
*Tibbiy biologik fanlari kafedrasi №1.
 
*Tibbiy biologik fanlar kafedrasi №2.
 
*"Tibbiyot kasbiga va propedevtikaga kirish kursi" kafedrasi.
 
*"Ijtimoiy va gumanitar fanlar" kafedrasi.
 
Filialda 91 nafar o‘qituvchilar ishlaydi, ulardan 64 nafari asosiy shtatlar, 17 nafari ichki o`rindosh va 11 nafari soatbay. Filialining ilmiy salohiyati 33% ni tashkil qiladi. (10 fan doktori va 13 fan nomzodlari).
TMA Termiz filiali Axborot-resurs markazining umumiy fondi 4379 kitobni tashkil yetadi. 2018-2019 o‘quv yilida 500 ta kitob sotib olindi. Axborot-resurs markazida Internetga ulangan 15 ta kompyuter mavjud. Q-box tizimi va [[Wi-Fi]] zonasi o‘rnatildi.
 
Filialda 6 ta klinik joy mavjud:
*Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo bo‘limi;
*Viloyat qon quyish markazi;
*Viloyat endokrinologiya klinikasi;
*Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi;
*Viloyat onkologik dispanseri;
*Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi.
 
==Adabiyotlar==
{{OʻzME}}