Foydalanuvchi:Progint/sandbox/İso Habibbeyli: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Progint (munozara | hissa)
Initialization - First edit
(Farq yoʻq)

23-Sentyabr 2019, 06:05 dagi koʻrinishi

Iso Akbar o’g’li Habibbeyli (16-oktyabr, 1949, Sharur, Naxchivon MSSR) – Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti (2013), filologiya fanlari doktori (1996), professor (1997), Ozarbayjon Respublikasida xizmat ko’rsatgan ilmiy xodim (1999), OMFA faxriy a’zosi (2003).

Hayoti

Iso Habibbeyli 16-oktyabr 1949-yilda Naxchivon MSSR Sharur rayonining Danzik qishlog’ida tug’ilgan. Ozarbayjon Davlat Pedagogika Instituti Naxchivon filialining til-adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan.

Filologiya fanlari doktori, professor. Otaturk Madaniyat, Til va Tarix Tashkiloti a’zosi. Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasi va Ozarbayjon Jurnalistlar Uyushmasi a’zosi. Xizmat ko’rsatgan ilmiy xodim.

1971-yilda Sharur rayonida qishloq o’rta maktabida o’qituvchi bo’lib ishlagan. 1975-yildan Naxchivon Davlat Universitetida o’qituvchi, dotsent, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor, 1996-yildan 2013-yilgacha[1] esa Naxchivon Davlat Universiteti rektori vazifasida ishlagan.

2013-yil aprel oyidan Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti.

Yangi Ozarbayjon Partiyasi a’zosi. Birinchi va ikkinchi chaqiriq Naxchivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi deputati bo’lgan. III chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati bo’lgan (2005-2010). Hozirgi kunda IV chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputatidir. Milliy Majlisning Fan va ta’lim masalalari doimiy komissiyasi a’zosi. Ozarbayjon-Belgiya, Ozarbayjon Birlashgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon-Pokiston, Ozarbayjon-Yaponiya parlamentlararo munosabatlar bo’yicha ishchi guruh a’zosi.

1996-yildan Yangi Ozarbayjon Partiyasi a’zosi.[2]

Oilasi

Oilali, 3 farzandi bor.

Ilmiy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari

  • OMFA Nizomiy nomidagi Adabiyot institute aspEronturasida “Adabiyot nazariyasi” mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olgan (1974-1978). “XX asr boshlari Ozarbayjon romantik lirikasi” mavzusida nomzodlik ( 57.15.01 – Adabiyot nazariyasi) (1980), “Jalil Mammadqulizoda: muhiti va zamondoshlari” (5716.01 -  Ozarbayjon adabiyoti tarixi;) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan (1996). Filologiya fanlari doktori, professor (1997).
  • 2001-yilda OMFA muxbir a’zosi (mutaxassisligi nomi: Ozarbayjon adabiyoti)  , 2003-yilda esa OMFA haqiqiy a’zosi  (mutaxassisligi nomi: Adabiyotshunoslik) etib tayinlangan. 2001-yildan Nyu-York Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi.
  • 2006-yilda BMT qoshidagi Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining haqiqiy a’zosi, 2010-yilda  Amerika Biografiya Instituti akademiki etib saylandi.
  • 89 kitob, 1428 maqola, 212 xorijda chop etilgan ilmiy maqola muallifi.
  • 29 fanlar nomzodi, 4 fanlar doktorining ilmiy rahbari bo’lgan.
  • Kitoblariː 12 monografiya, 1 o’rta maktab darsligi, 2 o’quv qo’llanma, 28 broshura, 21 kitobning tuzuvchi muallifidir.
  • Asarlari Ozarbayjon tilidan tashqari ingliz, fransuz, rus, turk, arab, fors, urdu, bolgar va vengr, litva va boshqa tillarida chop etilgan.
  • Tadqiqot sohasi Ozarbayjon adabiyoti tarixi, adabiyot nazariyasidir. AQSh, Angliya, Chin, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Eron, Iroq, Bolgariya, Avstriya, Misr Arab Respublikasi, Tunis, Ukraina, Pokiston, Vengriya, Qozog’iston, Gruziya, Mongoliya va boshqa mamlakatlarda rasmiy safarlarda bo’lgan, xalqaro simpozium, qurultoy va konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qilgan.

Asosiy ilmiy yutuqlari

  • XIX-XX asrlar Ozarbayjon adabiyoti bosqichlari va muammolarining, Jalil Mammadqulizoda, Muhammad Tagi Sidqi, Aynalibey Sultonov, Muhammad og’a Shaxtaxtinskiy merosining tadqiqi;
  • Romantik poeziyaning nazariy muammolari, poetikasining tadqiq etilishi; Ozarbayjon adabiyotining davriy konsepsiyasi va taraqqiyot bosqichlari; Satira haqida nazaiy tadqiqotlar; Adabiyot nazariyasining aktual masalalari.

Ishlagan sohalari

  • Naxchivon Davlat Universitetining ilmiy ishlar bo’yicha prorektori (1991-1996);
  • Naxchivon Davlat Universiteti rektori (1996-2013);
  • Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti (2013-cü ildən);
  • Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Instituti direktori (2013-yildan).
  • Ozarbayjon Milliy Ensiklopediyasi tahrir hay’ati sadri muovini  (2018-yildan)[3]

Respublika, xalqaro va xorijiy mamlakatlarning ilmiy tashkilotlaridagi a’zoligi

  1. Otaturk Madaniyat, Til va Tarix Tashkiloti a’zosi (1999),
  2. Ozarbayjon Respublikasi Davlat Mukofoti Komissiyasi a’zosi,
  3. Dunyo ozarbayjonlari aloqalari shurasi a’zosi (2001),
  4. BMT qoshidagi Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining haqiqiy a’zosi (2006),
  5. Moskvada nashr etilgan “Xalqaro ilmiy jurnal” tahrir hay’ati a’zosi (2008)

Ijtimoiy-siyosiy faoliyati

  • Naxchivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1998-2005)
  • Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati (2005-yildan).
  • Milliy Majlisning Fan va ta’lim masalalari doimiy komissiyasi a’zosi (2015-yildan).[4]
  • Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi  qoshidagi Toponimiya komissiyasi sadri (2015-yildan).[5]
  • Yangi Ozarbayjon Partiyasi Siyosiy kengashi a’zosi
  • Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nizomnoma Komissiyasi sadri (2013-yildan).
  • OMFA “Xabarlar” jurnali Bosh redaktori
  • Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Instituti “Adabiyot majmuasi”, “Poetika.izm”, “Adabiy aloqalar” jurnallarining Bosh muharriri
  • OMFA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Instituti Dissertatsiya Kengashi sadri

Saylanma asarlari

  • Romantik lirika imkonlari. Boku, “Yozuvchi”, 1984
  • Adabiyot nazariyasi. Boku, ODPI nashri, 2005
  • Jalil Mammadqulizoda. Boku, “Nur”, 1987
  • XX asr boshlarida yashagan Ozarbayjon yozuvchilarining biografiyalari. Turkiya, Erzurum Otaturk Universiteti, 1992
  • Jalil Mammadqulizoda: muhiti va zamondoshlari. Boku, “Ozarnashr”, 1997; to’ldirilgan ikkinchi nashri, Naxchivon, «Ajamiy», 2009
  • Xalq shoiri Mammad Araz. Boku, “Fan”, 1999
  • Dcalil Mamedkuluzade (Molla Nasreddin). Moskva, “Nauka”, 1999
  • Ustoz Muhammadhusayn Shahriyor. Boku, «Fan», 1999
  • Shahriyor dunyosi. Eron, “Zufa nashrlari”, 2002
  • Haydar Aliyev va Naxchivon Davlat Universiteti. Boku, 2002
  • Mulla Nasriddinchi karikatura ustasi. Naxchivon, “Kemaqoya”, 2002
  • Mashhur Ozarbayjon mutafakkiri Jalil Mammadqulizoda asarlari bilan. Pokiston, Islomobod, 2004
  • XX asr boshlaridagi Ozarbayjon yozuvchiları. Boku, "Nurlan“, 2004
  • Adabiyot (XI sinf). Mualliflar kollektivi. Darslik. Boku, 2006; 2008; 2010
  • Adabiy-tarixiy xotira va zamonaviylik. Boku, “Nurlan”, 2007
  • Азербайджанская литература начала XX века. Москва, «Триада», 2008
  • Ozarbayjon mutafakkir yozuvchisı Jalil Mammadqulizoda (arab tilida). Tarjimon prof. Jalol Hifnaviy. Misr, Qohira, 2008
  • Jalil Mammadqulizoda (tanishtiruv kitobi). Ozarbayjon, ingliz, rus va fransuz tillarida). Naxchivon, “Ajamiy”, 2009
  • Jalil Mammadqulizoda. Ukraina, Sevastopol, «Delta», 2010
  • Jalil Mammadqulizoda. Eron, Urmiya, 2010
  • Jalil Mammadqulizoda. Tanlangan hikoyalar (tuzuvchi va so’z boshi muallifi Iso Habibbeyli). Vengriya, Budapesht, 2011

Ozarbayjonda chop etilgan ilmiy maqolalari

Xorijiy mamlakatlarda chop etilgan ilmiy maqolalari

Mukofotlari

  • 1999-yilda - Ta’lim Vazirligi faxriy farmoni bilan taqdirlandi.
  • 1999-yilda - Ozarbayjon Respublikasi “Xizmat ko’rsatgan ilmiy xodim” faxriy nomiga loyiq ko’rildi.[6]
  • 1999-yilda - «Anqara universitetining faxriy do’sti nomiga loyiq ko’rildi.
  • 2001-yilda - Amerika Biografiya İnstituti tomonidan “Yil odami” deb e’lon qilindi.
  • 2004-yilda - Turkiya Respublikasi Til Qurumining “Xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.
  • 2007-yilda - "Shuhrat" ordeni bilan mukofotlandi.[7]
  • 2009-yilda - "Sharaf" ordeni bilan mukofotlandi.[8]
  • 2009-yilda - Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining «İnformatsiya olami elitasi» diplomiga va “XIX-XX asrlar Ozarbayjon adabiyotining (Mirza Jalil) va Ozarbayjonda zamonaviy ilmiy-badiiy fikr rivoji «Ilmiy yo’nalish rahbari» medaliga zsazovor bo’ldi.
  • 2009-yilda - Turkiya Respublikasi Yevrosiyo Madaniyat va San’at Qurumining ramziy mukofotiga sazovor bo’ldi.
  • 2009-yilda - Turkiya Respublikasi Husayn G’oziy Madaniyat va San’at Vaqfi mukofotiga loyiq ko’rildi.
  • 2009-yilda - Naxchivon MR Oliy Majlisi Faxriy Farmoni bilan taqdirlangan.
  • 2009-yilda - Naxchivon MR Oliy Majlisi Sadri Faxriy Farmoni bilan taqdirlangan.
  • 2009-yilda - Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Faxriy farmoni bilanə taqdirlangan.
  • 2009-yilda - - Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining XIX-XX asrlar Ozarbayjon adabiyotining va Ozarbayjonda zamonaviy ilmiy-badiiy fikr rivoji «Ilmiy yo’nalish rahbari»mukofoti bilan taqdirlangan.
  • 2013-yilda - “The Name in Science Award” (“Fandə ad”) mukofotiga sazovor bo’ldi.[9]
  • 2015-yilda - Iso Habibbeyli “Ustoz Shahriyor madaniyat medali” bilan taqdirlangan.[10]
  • 2017-yilda - İLESAM "Turk dunyosi faxr medali" bilan taqdirlangan.[11]
  • 2018-yilda - Akademik Iso Habibbeyli Turk Adabiyoti Vaqfining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.[12]

Havolalar

  • Akademik Iso Habibbeyli Turk Adabiyoti Vaqfining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
  • Cho’qqiga olib boruvchi yo’llarda
  • Akademik İso Akbar o’g’li Habibbeyli

Manbalar