Gʻaznaviylar davlati: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar, sh. → shahri (2), 0 y. → 0 yil, -a. → -asr (4) using AWB |
Xatolar o‘tib ketgan ekan |
||
Qator 1:
'''Gʻaznavilar davlati'''
Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va boshqalar) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining noibi va qoʻshin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan.
Gʻ.d ning eng kuchaygan davri amir Sabuktegin, ayniqsa, sulton Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi yillariga toʻgʻri keladi. 11-asr boshlariga kelganda Musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan Gʻaznaviylar davlatining chegaralari gʻarbda Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi hamda shim.-gʻarbda Xorazm va Orol dengizigacha choʻzilgan, sharqda esa Shim. Hindistonning kattagina qis-mini oʻz ichiga olgan va jan.da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud Gʻaznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davla-tini (1017) ham oʻz saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Biroq Jan. Toxa-riston (hozirgi Shim. Afgʻoniston)dan tashqari Shim. Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Jan. Tojikiston) hududini ham egallash uchun gʻaznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chagʻoniyon va Termiz gʻaznaviylarga boʻysundirilgan. Gʻaznaviylar bilan koraxoniylar davlati oʻrtasidagi chegara Amudaryo deb eʼtirof qilingan.
11-asr oʻrtalaridan boshlab gʻaznaviylarning asosiy raqibi saljukiylar boʻldi.
Qator 9:
Gʻaznaviylar davlati tarkibidan 1-boʻlib Xorazm ajralib chiqdi. Gʻaznaviylarning xorazmdagi noibi Oltintosh vafot etgach (1032), uning oʻgʻli Horun gʻaznaviylarga qarshi isyon koʻtardi (1034). U saljuqiylar va qoraxoniylar bilan doʻstona aloqa oʻrnatib, Xorazmni gʻaz-naviylardan mustaqil deb eʼlon qilgan. Bu paytda qoraxoniylar va gʻaznaviylar oʻrtasida Chagʻoniyon, Xuttalon, Termizni egallash uchun yana keskin kurash boshlangan.
Marv yaqinidagi Dandanakon jangi (1040 yil may)da Masʼud Gʻaznaviy qoʻshini saljuqiylardan yengilgach, gʻaznaviylar Xurosonni butunlay qoʻldan chiqarishdi. Magʻlubiyatga uchragan sulton Masʼud Gʻaznaviy Gʻaznaga qochgan va keyinchalik fitnachilar tomonidan oʻldirilgan (1041). Taxtga Masʼudning ukasi Muhammad oʻtirgan. Lekin Masʼudning oʻgʻli Mavdud (hukmronlik davri:
Davlatni boshqarish. Gʻaznaviylar davlatida boshqaruv tizimi oʻzining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bogʻliq xizmatlar va amallar kirgan. Gʻaznaviylar davrida hojiblik xizmatining oʻrni alohida eʼtiborga loyiq. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi oʻrta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning oʻrni katta boʻlgan.
Qator 17:
Viloyat boshligʻini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. viloyatlardagi boshqaruv ishlarni amid olib borgan. Shahar boshligʻini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida shih-na, kutvol (qalʼa komendanti), sohibi devon (maʼmuriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat koʻrsatganlar.
Gʻaznaviylar davlati qudratli harbiy qoʻshinga ega edi. Oliy qoʻmondonlik hukmdorning ixtiyorida boʻlgan. Bosh qoʻmondon
Madaniyati. Gʻaznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud Gʻaznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va oʻzi sheʼrlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va sanʼatkorlar toʻplanib, faol ijod bilan shugʻullanishgan. Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan boʻlib, Gʻaznada yashashgan. Beruniy oʻzining "Qonuni Masʼudiy" va Bayhaqiy oʻzining "Taʼrixi Masʼudiy" asarlarini Masʼud Gʻaznaviyga bagʻishlashgan. Firdavsiy mashhur "
Gʻaznaviylar davlatida qurilish va meʼmorchilikka ham katta eʼtibor qaratilgan. Gʻazna, Balx, Nishopur, Lohur va boshqa shaharlarda koʻplab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bogʻlar qurilgan, kutubxonalar faoliyat koʻrsatgan. Xususan, poytaxt Gʻazna shahri gullab-yashnagan.
Manba
Qahramon Rajabov.
|