Obidxon qori Nazarov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12:
1965-1975 yillarda Namangandagi 16-o'rta maktabni a'lo baholar bilan tamomlagan.
1975-1978 yillari 3 yil davomida to'qimachilik fabrikasida ishlagan.
1980-1984 yillarda [[Toshkent]] Islom oliy ma'hadida ta'lim olgan.
1985-1990 yillari Toshkentning markaziy masjidi "Tillashayx" jome' masjidida noib imom, 1990-1996 yillarda “To'xtaboy” jome' masjidida imom-xatib bo'lgan.
1995 yili [[Saudiya Arabistoni]] qiroli dunyoning bir qator [[ulamolari]] [[safida]] [[shayx]] Obidxon qorini islomiy [[kutubxona]] bilan taqdirlagan.
1992-1998 yillar orasida Obidxon qori “Ozodlik” radiosining diniy dasturini olib borib, tinglovchilarni Qur'oni karim tafsiri bilan tanishtirib borgan.
1996-yildan boshlab Karimov hukumati ta'qibiga uchragan. 1998 yildan 2000 yilgacha O'zbekistonda berkinib yashashga majbur bo'lgan. 2000 yildan 2006 yilgacha Qozog'istonda yashirinib yurgan. 2006 yili BMTning qochqinlar ishi bo'yicha komissari o'z himoyasiga olgan va u kishiga Shvetsiyadan siyosiy boshpana berilgan.
2007 yil Islom Ovozi web-sahifasiga asos solib, ilmiy faoliyatida davom etgan.
2012 yil Shvetsiyadagi o'z uyi yaqinida noma'lum shaxs tomonidan suiqasdga uchrab o'limdan omon qolgan. [[Suiqasd]] ijrochisi keyinroq qo'lga olinib bir umrli qamoqqa hukm qilingan. U kimsa O'zbekiston MXX si tomonidan yollangan degan gumonar bor.
Obidxon qori bugungi kungacha davolanayotgani aytiladi. Uning ma'ruzalari Islom Ovozi saytida va [[Facebook]] , Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda nashr qilinib kelmoqda.
 
==Ishoratlar==