Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 16:
 
== Faoliyati ==
Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida oʻqituvchi, „Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shoʻbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“ jurnallarida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918), [[Turkiston fronti]] siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissyor (1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibot-tashviqot shoʻʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-maʼrifiy muassasalarida mudir (1921-1924), Fargʻona maorif qoʻmitasi qaramogʻidagi ong-bilim shoʻʼbasida mudir oʻrinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926-yildan erkin ijod bilan shugʻullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirigʻi bilan 1928-yil avgustdan [[Shohimardon]]da targʻibot-tashviqot ishlari olib borgan va soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan.https://azon.uz/content/views/hamza-hakimzoda-niyoziy-kim-edi-dahriymi
 
[[Fayl:1989 CPA PC 195 Stamp.jpg|thumbnail|right|250px|Pochta konverti 1979-yil]]
 
== Adabiy ijodi ==
Hamzaning adabiy ijodi 1905–1906-yillarda boshlangan. Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza boshlagan. Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan „[[Haqiqat kimda?]]“ degan „roman“ ham yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gʻazallar yoza boshlagan. 1914-yilda tartib berilgan qoʻlyozma devoniga shoirning 1905–1914-yillarda „Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan 214 ta sheʼri kiritilgan. Shoirning „[[Gul]]“ (1913–1916), „[[Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi]]“ (1915–1917) sheʼriy toʻplamlaridagi „[[Yigʻla Turkiston]]“, „[[Yaxshi holin yoʻqotgan oqibatsiz Turkiston]]“, „[[Koʻzni oching, qardoshlar]]“, „[[Darmon istariz]]“ kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta mahorat bilan ifodalangan.