Pinyin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„{{Xitoy iyerogliflari transkripsiya tizimlari}} '''Pinyín''' ({{lang-zh|拼音}}, ''pīnyīn''; rasmiy: {{lang-zh2|汉语拼音}}, ''Hànyǔ pīnyīn''...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

19-Oktyabr 2019, 18:54 dagi koʻrinishi

Andoza:Xitoy iyerogliflari transkripsiya tizimlari Pinyín (xitoycha: 拼音, pīnyīn; rasmiy: 汉语拼音, Hànyǔ pīnyīn, Xanyuy pinyin, ya'ni "Xitoy tili tovushlarini yozish") – putunxua uchun romanlashtirish tizimi. Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy maqomga ega.[1] 2009-yil 1-yanvardan pinyin Tayvanda rasmiy romanlashtirish standartiga aylandi.[2][3]. Pinyin 1958-yilda qabul qilingan bo‘lib[1], uning muallifi Chjou Yuguan hisoblanadi. 1979-yildan pinyin butun dunyoda XXRdagi nomlarni lotinchaga o‘girishning rasmiy vositasi sifatida qo‘llaniladi. U avval mavjud bo‘lgan Ueyld – Jaylz va chjuin transkripsiyalarining o‘rnini bosdi. Pinyin transkripsiya tizmi Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan xitoy tilining asosiy lotincha transkripsiyasi sifatida ma’qullangan. Pinyinda lotin alifbosining V belgisidan tashqari qolgan barcha belgilari ishtirok etadi, ularga Ü (u-umlyaut qo‘shilgan; kompyuterda yozishda V belgisi o‘rniga Ü belgisini ishlatish mumkin). Pinyinda tovushlarni belgilash uchun diakritik belgilardan foydalaniladi. Ulardan asosan o‘quv adabiyotlarida foydalaniladi. Lug‘atlarda pinyinda yozilgan so‘z oxirida tovush raqami qo‘yiladi, masalan: dong2 yoki dong² (= dóng).

Shenlar yozilishi

Pinyin bo‘yicha Xitoy adabiy tilida shenlar (initsiallar, so‘z boshidagi undoshlar) yozilishi quyidagi jadvalda ko‘rib chiqiladi. Har bir katakning birinchi qatorida Xalqaro fonetik alifbo tizimi bo‘yicha, ikkinchi qatorda – pinyin bo‘yicha, uchinchi qatorda – o‘zbek lotin alifbosidagi ko‘rinishi berilgan (ayrim tovushlarni aniq ifodalash uchun o‘zbek kirill alifbosidan ham foydalanildi).

Lab undoshlari Alveolyar undoshlar Retrofleks undoshlar Palatal undoshlar Velyar undoshlar
Burun undoshlari [m]
m
m
[n]
n
n
Portlovchi undoshlar [p]
b
b
[pʰ]
p
p
[t]
d
d
[tʰ]
t
t
[k]
g
g
[kʰ]
k
k
Affrikatlar [ts]
z
tsz (цз)
[tsʰ]
c
ts (ц)
[ʈʂ]
zh
chj
[ʈʂʰ]
ch
ch
[tɕ]
j
tsz’ [цз(ь)][i 1]
[tɕʰ]
q
ts’ [ц(ь)][i 1]
Frikativ undoshlar [f]
f
f
[s]
s
s
[ʂ]
sh
sh
[ɕ]
x
s’ [с(ь)][i 1]
[x]
h
x
Approksimantlar [w][i 2]
w
vu
[l]
l
l
[ɻ ~ ʐ][i 3]
r
j (“ajdar” so‘zidagi)
[j][i 4]
y
ya/yu/ye[i 5]
  1. 1,0 1,1 1,2 Bundan keyingi undosh — ya/yu/ye.
  2. ”w” harfi shen (initsial) yoki so‘nggi bo‘g‘inning boshi bo‘la oladi va [w] yoki [u] kabi talaffuz etiladi.
  3. /ɻ/ fonetik jihatdan [ʐ] (jarangli retrofleks spirant) bo‘la oladi. Bu xitoy tilida gaplashuvchilar orasidagi individual farq hisoblanadi va ikki turli fonema borligini anglatmaydi.
  4. ”u” harfi shen (initsial) yoki so‘nggi bo‘g‘inning boshi bo‘la oladi va [j] yoki [i] kabi talaffuz etiladi.
  5. O‘zidan keyingi unliga qarab o‘zgaradi.
  1. 1,0 1,1 „Pinyin celebrates 50th birthday“. Sinxua (2008-yil 11 fevral). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr.
  2. „Hanyu Pinyin to be standard system in 2009“. Taipei Times (2008-yil 18-sentabr). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr.
  3. „Gov't to improve English-friendly environment“ (deadlink). The China Post (2008-yil 18-sentabr). 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-sentyabr.